Читаем Marsga hujum полностью

Illa beixtiyor qichqirib yubordi.

U ustunlar orasidan yugurib o‘tdi-da, eshikni lang ochib yubordi. Ayol tog‘larga tikildi. Lekin u yerda hech narsa yo‘q edi…

Qiyalikdan pastga otilmoqchi bo‘ldi, biroq va’dasi esiga tushib qoldi. U shu yerda bo‘lishi, hech qayoqqa ketmasligi kerak. Doktor har daqiqada kelib qolishi kerak, agar u bu yerdan ketib qolsa, erining jahli chiqadi.

U tez-tez nafas olgancha va bir qo‘lini oldinga cho‘zgancha eshik oldida to‘xtab qoldi.

Yashil vodiy yastangan joyda nimanidir ko‘rishga harakat qildi, lekin hech narsani ko‘rmadi.

“Jinni! — u xonaga qaytib keldi — bular hammasi bo‘lmag‘ur xayollar, hech narsa bo‘lmagan. Faqat shunchaki qush varaq, shamol yoki anhordagi baliq. O’tirgin-da, o‘zingga kelib ol”.

Ayol o‘tirdi.

O’q tovushi yangradi.

Aniq, baland ayanchli ovoz.

Ayol titrab ketdi.

O’q ovozi uzoqdan kelgan edi. Bir martagina otildi. Tezuchar asalarilarning uzoqdan kelayotgan g‘o‘ng‘illashiga o‘xshash birgina o‘q ovozi. Undan keyin esa yanada aniqroq, sovuqroq, uzoqroqdan kelgan ikkinchi o‘q ovozi yangradi.

Ayol yana titrab ketdi va nimagadir qichqirgancha va bu qichqiriqni bo‘lmaslikka harakat qilgancha sakrab oyoqqa turdi. Xonama-xona o‘qday uchib, eshikka yaqinlashdi va uni yana lang ochib yubordi.

O’q ovozining aks sadosi tobora uzoqlashib borardi…

Oxiri tindi ham.

Ayol bir necha lahza bo‘zday oqargancha hovlida turib qoldi.

Nihoyat, bitta-bitta bosgancha boshini solintirib, u atrofini ustunlar o‘rab olgan xobgohlar aro yurib ketdi. Birma-bir o‘tib borar ekan, uning qo‘llari beixtiyor tarzda narsalarga tegar, lablari titrar edi.

Zulmat quyuqlashib borayotgan sharobxonada u bir o‘zi o‘tirgisi keldi. U kutar edi. Keyin yoqut qadahni oldi-da, uni sharfining uchi bilan ishqalay boshladi.

Bir vaqt uzoqdan qadamlar tovushi, oyoqlar ostida ezilgan mayda qamishlarning chirs-chirs singani qulog‘iga chalindi.

Ayol o‘rnidan turdi. Jimjit xonaning o‘rtasiga borib turib oldi. Qo‘lidagi qadah yerga tushib chil-chil bo‘ldi.

Qadamlar uy oldida jur’atsiz sekinlasha boshladi.

Gapirsinmi? “Kir, kira qolsang-chi”, desinmi?

Ayol oldinga qarab yurdi.

Odimlar endi dahlizdan eshitildi. Qo‘l lo‘kidonni surdi.

Ayol eshikka jilmaydi.

Eshik ochildi. Ayolning yuzidagi tabassum g‘oyib bo‘ldi.

Bu uning eri edi. Kumushrang niqob xira yaraqlardi.

Eri ichkariga kirdi-da, xotiniga birrovgina nazar tashlab qo‘ydi. Keskin harakat bilan g‘ilofni ochdi, ikkita o‘lik asalarini siltab tashladi. Ularning yerga to‘p-to‘p tushganini eshitib, oyog‘i bilan bosib ezg‘iladi va o‘qdan bo‘shagan qurolni xona burchagiga qo‘yib qo‘ydi, Illa engashgancha singan qadah parchalarini to‘plashga behuda urinardi.

— Nima qilding? — so‘radi ayol.

— Hech narsa, — javob berdi er unga orqa o‘girib turarkan. U yuzidan niqobni oldi.

— Miltiqni… qanday otganingni eshitdim. Ikki marta.

— Ov ovladim. Bo‘ldi, shu. Goh-goh xumor qilib turadi. Doktor Nlle kelmadimi?

— Yo‘q.

— Shoshma, shoshmay tur. — U nafrat bilan barmog‘ini qirsillatib qo‘ydi. — E-ha, endi esimga keldi, biz u bilan ertaga kelishib qo‘ygandik-ku. Sira esimda yo‘g‘-a.

Ular stolga o‘tirishdi. Ayol o‘z likopchasiga qarab turardi, biroq ovqatga qo‘l uray demasdi.

— Nima gap? — so‘radi u ko‘zini ko‘tarmasdan, go‘sht bo‘laklarini gurillagan olovga tashlarkan.

— Bilmadim. Ishtaham yo‘q, — javob berdi ayol.

— Nimaga?

— Bilmasam. Shunchaki ishtaham yo‘q.

Shamol bulutlarni hayday boshladi; quyosh botib bo‘lgandi. Xona birdaniga tor, muzdek bo‘lib qoldi.

— Men eslashga harakat qilayapman, — dedi ayol xonadagi jimlikni buzib va erining sovuq chehrasi, oltin ko‘zlariga qarab qo‘ydi.

— Nimani eslamoqchi bo‘lding? — u sharob xo‘plardi.

— Qo‘shiqni. Haligi chiroyli, ajoyib qo‘shiqni. — Ayol ko‘zlarini yumdi va qo‘shiq ayta boshladi, biroq qo‘shiq yaxshi chiqmadi. — Unutibman. Lekin men nimagadir uni unutgim kelmaydi. Uni umrbod esda saqlab qolsam deyman. Go‘yo harakatlar maromi unga yordam berishi mumkin bo‘lgandek, qo‘llarini ravon havoda o‘ynatib qo‘ydi. So‘ng o‘rindiqqa o‘zini tashladi. — Yo‘q, eslolmayapman.

Ayol yig‘lab yubordi.

— Nega yig‘layapsan? — so‘radi er.

— Bilmayman, bilmayman. Hech o‘zimni qo‘lga ololmayapman. Yuragim g‘ash. Negaligini o‘zim ham bilmayman, yig‘layman-u, negaligini bilmayman, lekin yig‘layveraman.

U kaftlari bilan boshini g‘ijimladi, yelkalari titradi.

— Ertagacha hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketasan, — dedi er.

U eriga qaramadi. Uning nigohlari faqat yaydoq cho‘lga va tim qora osmonga sochilgan yorqin yulduzlarga qadalgandi, uzoqdan esa sovuq shamol va uzun anhorlardagi muzdek suvning shaloplashlari quloqqa chalinardi. Ayol butun vujudi qalt-qalt titragancha ko‘zlarini yumdi.

— Ha, — takrorladi u, — ertagacha hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketaman.

<p>Avgust 1999</p><p>YOZ TUNI</p>
Перейти на страницу:

Похожие книги