Читаем Marsga hujum полностью

Gumbur. Chordoq oshxona va mehmonxona bo‘lmasiga qulab tushdi, mehmonxona bo‘lmasi birinchi qavatga, birinchi qavat tagxonasiga yastlandi-qo‘ydi. Muzlatkichlar, oromkursilar, filmli o‘ramalar, karavotlar, elektr asboblari — hammasi bukilib-egilib pastga qulab tushdi.

Dud va sukunat. Tutun buruqsib ko‘tarilardi.

Sharqdan asta tong otib kelardi. Xarobalar orasida bittayu bitta devor butun saqlanib qolgandi.

Shu devor ichidan so‘nggi tanho ovoz gapirar edi, quyosh tutab yotgan siniq va bo‘laklarni allaqachon yoritganiga qaramay u hamon takrorlar edi;

— Bugun 2026 yil 5 avgust, bugun 2026 yil 5 avgust, bugun…

<p>Oktyabr 2026</p><p>MARSDAGI TA’TIL</p>

Nimagadir bu fikrni onam aytdi — butun oila baliq oviga bormaymizmi? Sirasini aytganda, bu so‘zlar oyimniki emasdi, Timoti buni juda yaxshi bilardi. Bu gaplar dadamniki edi, ammo nimagadir ularni dadam emas, uning o‘rniga oyim aytdi.

Shaqirlagan mars shag‘ali ustida og‘irligini u oyog‘idan bu oyog‘iga solib turgan dadam rozi bo‘ldi.

Hammamiz qiyqirib yubordik, ko‘z ochib-yumguncha lager yig‘ishtirildi, hamma narsa kapsula va konteynerlarga joylandi, oyim safar kombinezonini va kurtkasini kiydi, uning bir ko‘zi mars osmonida edi, titroq qo‘llari bilan trubkani to‘ldirdi va uchala bola shodon qiyqirgancha motorli qayiq tomon otildik — uchala o‘g‘ildan faqat Timotigina tinmay dadam bilan oyimga qarar edi.

Oyim tugmachani bosdi. Osmonga guvillagan tovush o‘rladi. Tumshuq tomondagi suv orqaga otildi, qayiq esa do‘stona “ura!” qichqiriqlari ostida olg‘a intildi.

Timoti qayiq tumshug‘ida otam bilan birga o‘tirib olgan, ingichka barmoqlari otamning sertuk qo‘li ustida. Qazib tashlangan maydoncha kanal muyulishi ortida ko‘zdan yo‘qoldi, ular Yerdan qilgan uzoq parvozlaridan so‘ng o‘zlarining mo‘‘jazgina oilaviy raketalarida shu yerga kelib qo‘ngan edilar. Uchish arafasidagi tunni, shoshilinch va to‘s-to‘polonni, otasi qandaydir yo‘l bilan topib kelgan raketani, dam olgani Marsga uchishlari haqidagi suhbatlarini esladi u. Ta’til uchun xiyla olislik qilardi-yu, biroq Timoti churq etmadi, chunki u yerda ukachalari ham bor edi-da. Ular Marsga omon-eson yetib kelishdi va o‘sha joydan ular bugun baliq oviga yo‘l olishdi.

Qayiq kanalda uchib borardi… Bugun dadamning ko‘zlari bejoroq edi. Nima bo‘lganiga Timotining hech aqli yetmasdi. Uning ko‘zlari charaqlardi va ularda qandaydir yengillik borga o‘xsharmidi-ey.

Bundan esa chuqur ajinlar xo‘mrayib va g‘amga botib emas, aksincha, kulib turar edi.

Kanalda yangi muyulish — qotib turgan raketa ham ko‘zdan yo‘qoldi.

— Uzoqqa boramizmi?

Robert qo‘li bilan suvni shaloplatdi — go‘yo binafsharang sathda jajji krab sakraganday.

Otam xo‘rsindi:

— Million yil muqaddamga.

— Ana, xolos! — hayron bo‘ldi Robert.

— Qaranglar, bolalar! — Oyim uzun egiluvchan qo‘lini ko‘tardi. — O’lik shahar.

Ular sehrlangandek o‘lik shaharga tikilishdi, shahar esa ularning o‘zlarigina uchun tegishli qirg‘oqda hayotsiz yastlanib yotar, Mars esa meteorologlar san’ati bilan hadya etilgan jazirama sokin yoz qo‘ynida mudrar edi.

Dadamning yuzida shaharning o‘likligidan suyungandek xushnudlik ifodasi o‘ynardi.

Shahar: qumloq tog‘ yonbag‘rida uxlab yotgan qizil qoyalarning betartib uyumi, bir necha yiqitilgan ustun, tashlandiq ziyoratgoh, undan narida — yana qum, yana qum, milma-mil davom etib ketaveradi… Kanal atrofida oq cho‘l, uning ustida moviy cho‘l.

To‘satdan qirg‘oq tomondan qush uchib chiqdi. Xuddi birov otgan toshday moviy hovuz ustidan oshib o‘tdi-da, suvga tushib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Vahimadan hatto dadamning yuzi o‘zgarib ketdi.

— Menga bu raketaga o‘xshab ketdi.

Timoti Yerni, urushni, vayron bo‘lgan shaharni, bir-birini o‘ldirgan odamlarni (o‘zi hisob qilgancha) ko‘rishga harakat qilib, osmon qa’riga tikildi. Ammo hech narsa ko‘rmadi. Urush shu qadar olisda va mavhum ediki, go‘yo ulkan va huvillagan jome qubbasi ostida hayot-mamot jangi qilayotgan ikki pashshaga o‘xshardi. Bema’niligi esa bundan-da beshbattar edi.

— Uilyam Tomas peshonasidan terni sidirdi va qo‘lida o‘g‘lining o‘rgimchak panjasidek yengil barmog‘ini his qilib seskanib tushdi.

U o‘g‘liga qarab jilmaydi:

— Xo‘sh, anavi qanday ekan, Tommi?

— Zo‘r, dada.

Timoti yonida turgan ulkan, katta yoshdagi bu uskunada nimalar sodir bo‘layotganini yaxshi tushunolmadi. Oftob urganidan po‘st tashlab yuborgan katta qirg‘iy burunli, tosh zo‘ldirni esga soluvchi ko‘m-ko‘k ko‘zli (bu zo‘ldirlarni u Yerdaligida ermak uchun o‘ynar edi), keng brija ichiga yashiringan qudratli ustunsimon oyoqli bu odamda nimalar bo‘layotganidan u bexabar.

— Nimaga buncha tikilib qarab qoldingiz, dada?

— Men yer mantig‘ini, sog‘lom fikrni, oqilona hukmronlikni, tinchlik va mas’uliyatni qidirayotgan edim.

— Xo‘sh, topdingizmi?

— Yo‘q. Topmadim. Ular endi Yerda yo‘q. Bundan keyin ham hech qachon bo‘lmaydi. Biz o‘z-o‘zimizni aldab kelgan ekanmiz, chamamda, aslida biz o‘zi yo‘q narsani qidirar ekanmiz.

— Nega bunday deysiz?

— Qara, qara, hov ana baliq, — ko‘rsatdi otam.

Перейти на страницу:

Похожие книги