— Marhamat! Qiziq bo‘ldi-ku! Bank egasi o‘z xizmatchisidan iltimos qilib o‘tirsa-ya! Glyuk xonim, hammasi o‘zingizniki, sizning gapingiz — qonun. Men kichkina odamman, nimani buyursangiz shuni qilaman.
U ikki yuz ming markaga chek yozdi-da, chek daftarchasini stol tortmasiga solib qulflab qo‘edi.
— Mana chek.
— Rahmat.
— Yana rahmat deysiz-a! Qachon xo‘jayin bo‘lishni o‘rganasiz?
Elza kabinetdan chiqib, Gotlibga qog‘ozni uzatdi.
— Mana, ikki yuz mingga chek…
Oskar Gotlib hayajondan qo‘llari qaltirab chekni oldi-yu, yana qayta-qayta tashakkur izhor qilib, kechirim so‘ray boshladi.
— Iltimos, minnatdorchilik bildirmang, — dedi Elza o‘ngaysizlanib, — undan ko‘ra, sud protsessidan keyin qayoqqa goyib bo‘lganingizni gapiryb bering.
Ular yana o‘tirishdi.
— Kasal edim… Juda galati kasal. Suddan chiqqanimdan keyin vujudimni allaqanday qo‘rquv va nomus tuyg‘usi chulg‘ab oldi… Odamlarga ko‘rinitsvdan or qilib qoldim… Xabaringiz bor, sud protsessida ishtirok etganlarning surati ko‘pgina galetalarda bosilib chiqqan edi. Nazarimda duch kelgan yo‘lovchi, o‘tib ketayotgan har bir izvoshchi, hatto bolalar ham meni barmog‘i bilan ko‘rsatib: «Ana, qilgan yomonligi uchun akasi merosdan mahrum etgan odam», — deyayotganday tuyulaverdi. Ammo nima yomonlik qilganimni hech kim bilmaydi-ku, shuning uchun har kim ko‘ngliga kelgan gapni gadiraverishi mumkin, albatta: birov iyeksellarga akasining qalbaki imzosini qo‘ygan, deyishi mumkin, boshqa birovi, akasiga zahar bermoqchi bo‘lgan, der, kim biladi deysiz. Shundan keyin, qochishga majbur bo‘ldim… — chol chuqur xo‘rsindi. — Ha, ko‘p og‘ir daqiqalarni boshdan kechirdim, xonim… Men uzoqqa ketganim yo‘q. Meni qidirmagan joylari qolmadi, lekin mana shu shaharning o‘zida edim. Eski, (o‘kqabosh bir do‘stimnikiga yashiringan edim. «Agar shu yerdaligimni birovga aytsang, o‘zimni o‘ldiraman», — dedim unga. Lekin shunday demasam ham u meni sotmasligini bilardim.
— Kechirasizu, — dedi kulib Elza, — o‘sha do‘stingizdan uyalmadingizmi?
— Yo‘q! Qizig‘i shundaki, men uning adresini bilmasdim, lekin qandaydir bir ichki sezgi bilan uyini topib bordim… Go‘ppa-to‘g‘ri kirib boraverdim… Bu ham mayli-ya, u meni xuddi sabrsizlik bilan kutayotganday qarshi oldi, hoLbuki biz u bilan ancha yildan beri ko‘rishmagan va hatto yozishmagan ham edik, shunga sira fursat topmagan edim.
«Ha, keldingmi, xayriyat», — dedi u meni ko‘rib. O‘shanikida yashirinib yotdim. Qo‘rquv va nomus o‘tida qovurilib yotdim. Ba’zan, kechqurunlari sal o‘zimga kelib qolar edim. Shunda, ertaga bir ko‘chaga chiqib aylanib kelaman, deb o‘yladim. Ammo kechasi bo‘ldi deguncha, yana vujudimni dahshat va uyat hissi chulg‘ab, ertalabgacha to‘lg‘anib chiqardim… Tushunib bo‘lmaydigan bir vasvasa! Boshimni ko‘rpaga o‘rab olardimu nafasimni ichimga yutib yotaverardim. Ertalab bosh ogrig‘ini bahona qilib, nonushtaga ham chiqmasdim. Men turgan xonaning derazalari parda bilan to‘sib tashlangan edi.
— Ajabo… — dedi Elza o‘ychan.
— Gazetalarni o‘qirdimu yuragimni hovuchlab, qidiruv natijalarini kuzatardim. Baxtimga, meni boshqa joylardan qidirishardi. Shuncha vaqt ichida faqat bir martagina kuldim: gazetalar mening Argentinadan «topilganim» haqida yozishgandi, qaysi shahardanligi hozir esimda yo‘q. Albatta, bu g‘irt yolg‘on bo‘lib chiqdi. Mening qiyofadoshim shaharga o‘z ishi bilan kelgan bir fermer ekan. Gazetada bosilgan suratiga qaraganda u haqiqatan ham menga o‘xshar ekan.
— Bu holat uzoq davom etdimi?
— So‘nggi sud instansiyasi ishni uzil-kesil sizning foydangizga hal qilgan kunga qadar. Shundan keyin menga hamma narsa befarq bo‘lib qoldi, eski yashab turgan uyimga qaytib keldim. Ittifoqo garovga qo‘yilgan yer-mulk masalasi qo‘zg‘alib qoldi. Sezdimki, meni qutqaradigan yagona odam sizsiz…
U gapini tugatolmay qoldi, xonaga Zauyer bilan Emma Fit kirib kelishdi. Gotlib o‘rnidan turib, shosha-pisha chiqib ketdi.
Zauyer bilan Emmaning qiyofasi Elzani hayratga soldi. Zauyer frakda, Emma esa oq ko‘ylak kiyib, bir dasta oppoq gulni ko‘ksiga bosib turardi. Ularning chehrasidan nur yog‘ilardi. Zauyer Emmani tirsagidan ushlab olgandi.
— Glyuk xonim, sizga xotinim Emma Zauyerni tanishtirishga ruxsat etasiz. Bizni tabriklang, biz nikohdan o‘tdik!
Elzaning rangi quv oqarib, o‘rnidan turdi.
Emma shosha-pisha Elzani quchoqlab o‘pa boshladi, ammo uning xijolat Torttanini sezib, kalovlanib qoldi. Elza o‘zini arang bosib, Emmani ehtirossiz o‘pdi, so‘ng Zauyerga qo‘lini uzatdi. Emma shu darajada baxtiyor ediki, Elzadagi bu o‘zgarishni sezmadi ham. U qo‘llarini ko‘ksiga bosgancha bolalarcha entikib bidirlay ketdi:
— Juda g‘alati-da, bu Otto, — shunday deb, u eriga yalt etib qarab qo‘edi, — kecha teatrga boruvdik, hech narsadan hech narsa yo‘q: «Hozir nikohdan o‘tishimiz kerak. Ketdik!» — deb qolsa bo‘ladimi!
— Darrov rozi bo‘la qoldingmi? — so‘radi Elza.
Emma unga taajjublanib tikildi. «Baxtdan kim yuz o‘giradi?» — degan ma’no bor edi bu qarashida.