Читаем Jahongir полностью

— Hammasi o‘z-o‘zidan bo‘lib ketdi-da. Biz spektakl tugashini ham kutmay, lekin ajoyib pyesa edi… nima edi-ya… tavba, yodimdan ko‘tarilibdi!.. Ha, bir narsa edi-da, ishqilib… teatrdan chiqdigu ruhoniyni qidirib ketdik. Otto uni yotgan joyidan turg‘azdi shekilli-yov! Qiziq chol ekan, uyqusirab turib, bir nimalarni o‘qidi. Hash-pash deguncha, tamom-vassalom! Mendan xafa emasmisan, Elza? — birdan so‘rab qoldi u hadikeirab.

Bu bolalarga xos soddadillikdan Elza beixtiyor jilmaydi. Shundan keyin dugonasini astoydil bag‘riga bosib, o‘pdi.

— Qo‘g‘irchoqdan xafa bo‘lib bo‘larkanmi? O‘zing xursandmisan, axir?

— Judayam! — deb javob berdi Emma.

Ammo Zauyerga ko‘zi tushishi bilan Elzaning yuzidzgi tabassum yo‘qoldi. U Emmaga mehr bilan boqib turardi.

«Yo‘q, Zauyer menga o‘chakishib nikohdan o‘tmagan, u rostdan ham Emmani yaxshi ko‘radi… Shayton vasvasasi! Vasvasa! Darvoqe, bu gapni kim aytuvdi? Ha, Oskar Gotlib… o‘sha aytuvdi bu so‘zni. Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Nazarimda, tag‘in es-hushimdan ayrilayotganga o‘xshayman…»

— E-e, kelin-kuyovlar! — Kabinet ostonasida turgan Shtirnerning ovozi Elzaning xayolini bo‘ldi.

«Xabari bor ekan-da» taajjublanib ko‘nglidan o‘tkazdi Elza.

Tabrik-qutlovlarga yana bir karra guvoh bo‘lish, ayniqsa Shtirnerning oldida, Elza uchun oson emas edi, binobarin u asta xonadan chiqib ketdi.

— Tabriklayman, tabriklayman, — dedi Shtirner xushchaqchaqlik bilan.

Zauyer nihoyatda samimiylik bilan Shtirnerning qo‘lini qisdi. Go‘yo ilgarigi adovatdan asar ham qolmagan edi.

— Bugun kechqurunoq nikoh safariga jo‘namoqchimiz, — dedi Emma, — siz bilan Elza qarshi emasmisizlar?

Shtirnerning chehrasida norozilik ifodasi paydo bo‘ldi, lekin u shu zahotiyoq Emmaga muloyim jilmaydi.

— Nega endi, juda soz bo‘ladi. Qayoqqa bormoqchisizlar?

— Nitssaga yoki Norvegiyaga, hali bir qarorga kelganimiz yo‘q. Otto Norvegiyaga boramiz, deydi, menga esa Nitssa yoqadi…

— Demak, sayohatga alohida-alohida borarkansizlar-da? — dedi kulib Shtirner. — Norvegiyaga borsangiz burningizni sovuq urib ketadi! — davom etdi u. — Kelinposhshani ehtiyot qilish kerak, Zauyer. Albatta, Nitssaga borasizlar!

— Xo‘p, xayr bo‘lmasa, biz yo‘l hozirligini ko‘raylik! — Shunday deb, Emma erining qo‘lidan ushlab tashqariga sudradi. — Tezroq, tezroq, Otto, namuncha imillaysan! Bunaqada hamma yerda poyezdga kech qolamiz.

Zauyer hovliga qurilgan kichkina, shinam xonada istiqomat qilardi.

Ular o‘zaro xaxolashib-kulishib uyga kirishdi-da, shosha-pisha safar taraddudiga tushib ketishdi.

— Xo‘sh, Nitssagami?

— Nitssaga bo‘lsa Nitssaga-da!

— Tavba, yov quvgaiday namuncha shoshmasak! Chamadon ham shunaqa og‘ir bo‘ladimi!..

— Bormasligimiz mumkin… Chamadondan kitoblarni olib tashlash kerak. /

— Bormaymiz deysanmi? Esing joyidami! Boramiz albatta! Iye, yo‘lga kiyadigan ko‘ylagim yo‘q-ku?

— Yo‘ldan olamiz. Hozircha kulrang ko‘ylagingni kiya tur, o‘zingga juda yarashadi.

Nogahon bir narsaga quloq tutganday jim bo‘lib qolishdi, keyin bir-birlariga taajjub bilan tikilishdi.

— Nega yerda o‘tiribmiz? — dedi nihoyat Emma. — Chamadonni nega olding? Biror joyga bormoqchimisan?

— Hech qayoqqa bormoqchi emasman, — javob berdi Zauyer. — Hayronman, chamadonni nega oldik? Balki kitoblarni ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lgandirsan?

— Kitoblarni? Boshimga uramanmi? Ye tavba. Baxtdan esankirab qoldikmi deyman!

U xandon tashlab o‘rnidan turdi-da, chamadon ustidan hatlab o‘tib Zauyerning yuzidan o‘pdi.

Zauyer qovog‘ini uydi. O‘rtada turgan chamadonga tikilib, o‘ylanib qoldi.

— Nega o‘zgarib qolding? Mendan xafamisan? — shunday deb, qiz noz bilan boshini eggan edi, Zauyerning yana chehrasi yorishdi.

— Albatta xafaman-da, — dedi u kulib. — Kelmasingdan burun hammayoqni to‘s-to‘polon qilib yubording!

— O‘lay agar, men emas! O‘zi chiqdi bu yoqqa! — dedi u oyog‘i bilan chamadonga ishora qilib. — Qani, kir-chi, joyingga! Kira qol! Yerdamlashsang-chi!

Emma bilan Zauyer birgalashib chamadonni karavotning tagiga surib qo‘yishdi. Shundan keyin sayohat haqida qaytib hech kim og‘iz ochmadi…

XII. KECHKI SOAT OLTIDA

— Yedingizda bo‘lsin, Elza, ertaga yakshanba. Kechqurun soat oltida javobingizni kutaman. Hozir esa zarur bir ish bilan shahardan chiqib ketyapman. Kechasi yoki ertaga ertalab qaytaman. Omon bo‘ling!

Shtirner qishki bog‘dan chiqib ketdi.

Elza yolg‘iz qoldi. Ammo u Shtirnerga beriladigan javob haqida o‘ylamasdi: uning xayoli boshqa yoqda edi. U Zauyer kutilmaganda Emma Fitga uylanganidan hanuzgacha o‘ziga kelolmasdi.

Elza o‘zini shu topda har qachongidan ko‘ra ham yolg‘iz his etdi.

Akvarium ichida tilla baliqchalar dumlarini beozor qimirlatib, ohista suzib yurishardi.

Elzaning ularga havasi kelib ketdi. Baliqlar ham o‘zi kabi tutqunlikda, shisha quti ichida fpashadi. Ammo ularning o‘z olami, o‘ziga xos «davrasi» bor, ular ruhiy azob nimaligini bilishmaydi. Qiz esa eng muhtoj va uqubatli kunlaridan ko‘ra ham hozir o‘zini baxtsizroq sezardi. Boylik unga nima berdi?

Перейти на страницу:

Похожие книги