Читаем Jahongir полностью

— Butsefal! Senga nima bo‘ldi? — dedi u muloyimlik bilan. It yana dumini likillatib, shashtidan qaytdy. Ammo qiz ikkinchi marta chiqishga uringan edi, it boyagidan ham battar nrillab berdi. Shtirner ishonchli soqchilarni qoldirib kegibdi! Odamlarni yordamga chaqirsinmi? Qiz shovqin ko‘tarishni istamadi. Shu topda miyasiga bir fikr kelib qoldi. U shoshib Gotlibning kabinetiga kirdi. Eshik ochiq edi. Liftda turgan kresloga o‘tirib, tugmachani bosish bir lahzalik ish edi. Qiz iloji topilganidan suyunib, liftda g‘uv etib bank bo‘limiga tushdi.

«Sizga pand berdim, Shtirner!»

Qorovullar to‘satdan paydo bo‘lib qolgan Elzani ko‘rib, avvaliga hayron bo‘lishdi, lekin tavoze bilan o‘tkazib yuborishdi. Qiz Shtirner ularga hech kimni chiqarmaslik haqida buyruq berib ketgan bo‘lsa-ya, deb qo‘rqib turgan edi.

Elza yuragini hovuchlab o‘zi uchun zindonga aylangan uy ostonasidan hatladi-yu, dimog‘iga ko‘klam nafasi urilganday bo‘ldi, bir zumda ko‘chadagi olomon orasiga qo‘shilib ketdi. Xayriyat! U endi erkin qush. Muyulishdan burildy-yu, taksi yollab, eng yaqin vokzalga olib borib qo‘yishni buyurdi. Tezroq shu yerdan uzoqlashsa bo‘lgani!..

Vokzalda hammol qayoqqa bilet olishni so‘ragan edi:

— Baribir… Mana shu pulga qayoqqacha borsa bo‘ladi? — deb javob berdi.

Elza ehtiyotsizlik qilgan edi: haligi javobni eshitgan hammol taajublangan va tabiiyki, bu g‘alati juvonning qiyofasi yodida saqlanib qolgan edi. Bu narsa uni qidirib topishda kalavaning uchi bo‘ldi. Lekin o‘sha paytda Elza o‘zi bilan o‘zi bo‘lib, bu yog‘ini o‘ylamagan edi.

Parovoz oxirgi marta qichqirib, vagon o‘rnidan qo‘zg‘algandan keyingina u o‘zini bosib oldi. So‘nggi daqiqalargacha, garchi uning shaharda yo‘qligini bilsa ham Shtirner orqamdan quvib keladi, deb qo‘rqib turgan edi.

Shahar chekkasidagi binolar ham ortda qoLib, ko‘m-ko‘k dala boshlangach, Elza quvonganidan yig‘lab yuboray dedi. Botayotgan suyosh nuri ferma binolarini qizg‘ish shafaqqa ko‘mgan, bepoyon o‘tloqzorda son-sanoqsiz qo‘y-sigirlar o‘tlab yurardi.

Bu manzara qizni entiktirib yubordi. U vagon derazasidan ko‘z uzmay, o‘zicha xirgoyi qilib borardi.

«Erkin qushman, parvozim erkin…»

U oqibatini o‘ylamasdi. Shu paytda uning qalbi erk nashidasi bilan to‘la edi. Kun botib, atrofni qorong‘ilik bosa boshlagach, vagon chiroqlarini yoqishdi, shundagina u o‘yga toldi,…

— E, ilgarigidan yomon bo‘lmaydi! — Shunday deb, u tez yechindi-da, kechirgan hayajonlari qattiq charchatganidan darrov uxlab qoldi.

Qancha uxlaganini ham eslay olmadi.

Birdan xuddi birov turtganday cho‘chib uyg‘ondi-yu, atrofiga alangladi. Vagon… Qiziq, vagonga qanday qilib tushib qoldi? Qalbini bir zumda g‘ulg‘ula va allaqanday noaniq tuyg‘ular chulg‘ab oldi, Bu tuyg‘u tobora kuchayib, chuqurlashib, tiniqlasha Oordi…

Qaytish kerak! Darhol, hoziriiig o‘zidayoq qaytish kerak! Shtirner! Azizim! U buni kutib o‘tiribdi! Qizning ko‘zi oldida o‘zi royal chalib o‘tirgan paytda ko‘rgan ma’yus va qadrdon chehra namoyon bo‘ldi.

Elza tez kiyinib, koridorga chiqdi. Passajirlar sochiqlarini ko‘tarib, birin-ketin yuvinishga borishardi. Tong ota boshlagandi.

— Provodnik, bekatga yaqin qoldimi?

Baqaloq provodnik cho‘ntagidan shoshmasdan kattakon kumush soatini oldi, xuddi shunday sustkashlik bilan qopqog‘ini ochdida,o‘ylab turib:

— O‘n ikki minutdan keyin, xonim, — deb javob berdi.

Elza betoqat bo‘lib, poshnasini yerga urdi.

— Bema’nigarchilik! Yana shuncha kutish kerak! Qarshidan keladigan poyezd-chi?

— Bir vaqtda keladi.

Elza sabrsizlikdan lablarini tishladi.

Nihoyat poyezd bekatga kelib to‘xtar-to‘xtamas Elza undan sakrab tushdi-da, orqaga qaytayotgan poyezd vagoniga o‘zini urdi.

Uning bileti yo‘q edi, binobarin, kontrolyor protokol yozdi, ammo Elza uning hamma savollariga o‘ylamay javob qaytarar, hech narsani idrok etmasdi.

Qiz o‘z familiyasini aytishi bilan kontrolyor unga hayratlanib tikilib qoldi.

Elza toqatsizlanib o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmasdi. U kupedan chiqib, bir derazaning oldidan ikkinchi derazaning oldiga borar, o‘zining tashqi ko‘rinishi va bezovta xatti-harakati bilan yo‘lovchilarning diqqatini tortardi. U tezyurar poyezd bu qadar toshbaqa yurish qilayotganidan dod devoray derdi.

— Yetay dedikmi? — u dam o‘tmay shu savolni beraverganidan yo‘lovchilar undan o‘zlarini olib qochadigan bo‘lishdi. Shundan-keyin qiz o‘z kupesiga kirib, divanga uzala tushdi-da, boshini changallab, xuddi alahsirayotganday:

— Lyudvig! Lyudvig! Lyudvig!.. Qachon seni ko‘raman! — dedi ingrab.

Nihoyat poyezd to‘xtadi.

Elza yo‘lovchilarni turtib tashqariga otildi. Vokzal maidoniga ham xuddi shu alfozda yugurib chiqdi-da, o‘zini avtomobilga urdi.

— Elza Glyuk bankiga! Tezroq, tezroq! Iloji boricha tezroq haydang!..

Shtirner Elzani kutib, kabinet o‘rtasida turardi.

Sochlari to‘zg‘ib ketgan qiz kabinetga otilib kirdi-da, Shtirnerning bo‘yniga osilib, ho‘ngrab yig‘lab yubordi.

— Lyudvig, azizim, xayriyat!

Shtirnerning chehrasiga ham baxtiyorlik, ham ma’yuslik ifodasi indi.

— Mening malikam!.. — dedi u sekingina, Elzaning yumuq ko‘zlaridan o‘parkan.

Soat roppa-rosa oltiga zang urdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги