Читаем Jahongir полностью

— Siz nima dedingiz?

— Janob Shumaxerga borib ayting, menga hech qanaqa sherik ham, enaga ham kerak emas, dedim. O‘tiring, Zauyer, birga nonushta qilamiz.

Ular eski qadrdonlarday chaqchaqlashib o‘tirishdi. Ilgarigi gina-kuduratlardan asar ham qolmagan edi.

II. KIM ZUR BO‘LSA, O‘SHA YUTADI

Hukumat Myunsterberg bilan Shumaxer banklarini birlashgiruvchi yangi aksionerlik jamiyatini ta’sis etadigan kuni tong saharda Shtirner Zauyerni chaqirib, buyruq berdi:

— Myunsterberg bilan Shumaxer aksiyalarini sotib yuboring, bir dona ham qolmasin.

— Ularning qimmati bir kechada yigirma olti protsentga ortdi. Qolaversa, aksionerlik jamiyati tuzilganligi haqida aniq ma’lumotlar bor. Menimcha…

— Parvo qilmang, buyruqni bajaring. Hoziroq birjaga o‘zingiz borib, hamma yangilikni menga telefon orqali ma’lum qiling.

Zauyer yelkasini qisdi-yu, chiqib ketdi.

Bir soatdan so‘ng telefon jiringladi.

— Aksiyalarni talab ketishyapti.

— Juda soz, Zauyer. Hukumat kengashi qachonga belgilangan?

— Kunduz soat ikkiga.

— Ungacha aksiyalarni sotib bo‘lasizmi?

— Bir soatda hammasi tamom bo‘ladi.

— Juda soz. Bir soatdan keyin telefon kiling.

Oradan yarim soat o‘tmasdanoq telefon jiringlab qoldi:

— Aksiyalar tugadi. Birja to‘s-to‘polon. Darvoza oldidagi maydonni olomon bosib ketgan. Ko‘cha harakati to‘xtatildi. Tramvaylar bazo‘r o‘tib turibdi, avtobus yurolmaydi.

— Bularning menga qizigi yo‘q. Aksiyalarimizning taqdiri. nima bo‘ldi?

— Afsuski, qimmati pasayib ketyapti!

— Juda yaxshi. Yanayam pasayishini kutib turing, keyin sotib olavering.

— Lyudvig, judayam bandmisan? — so‘radi kabinetga kirgan Elza.

— …Hammasini sotib olavering, — gapida davom etdi Shtirner. — Tez-tez telefon qilib turing. — Keyin Elzaga murojaat qildi. — Ha, judayam bandman, azizim. Uzing nonushta qilaver.

Bugun telefondan narn jilolmayman, balki tuni bo‘yi o‘tirishga to‘g‘ri kelar.

Elzaning qiyofasi tundlashdi. Shtirner telefon trubkasini qo‘yib, Elzaning oldiga keldi.

— Iloji yo‘q, jonginam, chida. Bugun hal qiluvchi jang bo‘ladi. Men g‘olib chiqishim kerak, ertaga esa sen tojsiz malika bo‘lasan, butun boylik sening qo‘lingda bo‘ladi…

— Lyudvig! — dedi istehzo bilan Elza.

— Bo‘pti, bu haqda gapirmayman. Emma qalay? Uni ko‘rdingmi?

— Vrach ko‘rib, buyragingizning mazasi yo‘q depti, buni qarang-a, endi unga tugish xavfli…

— Shunaqa degin, — parishonxotir javob qildi Shtirner.

— Lekin o‘zi o‘lsam ham boladan voz kechmayman deyapti.

— Yaxshi, yaxshi.

Yana telefon jiringladi. Shtirner bir cho‘chib tushdi va shosha-pisha Elzaning peshonasidan o‘pib, dedi:

— Bo‘pti, yuragingni keng qil. Ishlarimiz bir yoqlik bo‘lsin, ikkalamiz Rivyeraga ketamiz. Allo! Eshitaman.

Elza bir xo‘rsinib, chiqib ketdi.

— Soat o‘n ikkida? Bir soatdan keyin ekan-da? Juda soz! Hukumat qarorini bilganingizdan so‘ng darhol qo‘ng‘iroq qiling.

Shtirner trubkani qo‘edi-da, hayajonlanib xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi.

— Bu masalani hal qilishni hukumat soat ikkidan o‘n ikkiga ko‘chiribdi. Demak, ta’sir qilyapti. Endi yutib chiqishimga astoydil ishonaman. Hozir g‘alaba qilsam, u yog‘i o‘zi ketaveradi. Shtirnerdan zo‘r odam bo‘lmaydi dunyoda.

U boshini orqaga tashlagancha ko‘zlarini xiyol yumib, allaqanday lazzatdan jilmayib, bir lahza qotib turdi.

— Yo‘q, tantana qilishga hali vaqt erta. Oxirgi zarba uchun kuch to‘plash kerak.

Shtirner o‘z xonasiga kirib, eshikni yana ichkaridan qulflab Oldi.

Bir soatdan so‘ng u horib-charchab, ranglari oqarib xonadan bazo‘r chiqdi-yu, o‘zini kresloga tashladi.

Telefon jiringladi. Shtirner xuddi prujina uloqtirib yuborganday sakrab turib, trubkani oldi.

— Allo! Ha, ha, men… Zauyermisiz?

Lekin qo‘ng‘iroq qilayotgan Zauyer emas, Shtirnerning agentlaridan biri Shpilman edi.

— Kutilmagan tasodif! Kengash hozirgina tamom bo‘ldi. Hukumat aksionerlik jamiyatining ustavini tasdiqlamadi. Kengashda o‘tirgan Shumaxer ministrning yuziga: «Sotqin ekansan!» — dedi shartta. Myunsterberg o‘zidan ketib qoldi, uni behush holda uyiga olib ketishdi.

Shtirner gapni oxirigacha eshitmadi. Hayajondan qaltirab trubkani qo‘edi-yu, ovozining boricha «G‘alaba!» — deb qichqirdi, kreslo yonida uxlab yotgan Falk sakrab turib, xo‘jayiniga javdirab boqdi.

— G‘alaba, Falk! — Shtirner ro‘molchasini xonaning burchagiga uloqtirib, buyurdi: — Opke!

Kuchuk zing‘illab borib, ro‘molchani egasiga keltirib berdi.

— Hollari shu ekan-ku! Xa-xa-xa! — u asabiy kulardi. Keyin kuchukning oldingi ikki oyog‘ini ko‘tarib, peshonasidan o‘pdi. — Ularni sirayam o‘pmagan bo‘lardim, Falk. Chunki ular sendan ko‘ra ahmoqroq, buning ustiga meni yomon ko‘rishadi. Shuning uchun ham burunlarini yerga ishqash kerak ularni!

Telefon jiringladi.

— Zauyer? Ha, eshitdim. Shpilman aytdi. Birjada nima gap?

— E-e, so‘ramang. Hammayoq ostin-ustun bo‘lib ketdi.

— Myunsterberg aksiyalari nima bo‘ldi?

— Pasayib ketyapti. Daho ekansiz, Shtirner!

Перейти на страницу:

Похожие книги