Читаем Jahongir полностью

Nihoyat, bu kurash ham Shtirner foydasiga uzil-kesil hal bo‘lgach, u Zauyer bilan Elzani chaqirib, dedi:

— Endi dam olishim, bir oz kechikib bo‘lsa ham nikoh safariga chiqishimiz mumkin. Siz, Zauyer, ishga bosh-qosh bo‘lib turasiz. Kurash asosan tugadi. Faqat o‘z huquqlarimizni qonunlashtirish qoldi, xolos: «So‘nggi mogikan» larning veksellarini bekor qilish, ularning zavod va fabrikalarini pulga chaqish kerak, chunki u korxonalarni bizdan boshqa kim ham sotib olardi? Ertaga ertalab biz uchib ketamiz. Darvoqe, xotiningizning ahvoli qalay?

Zauyer qayg‘u bilan bosh chayqadi.

— Ko‘rsangiz tanimaysiz, Shtirner, judayam chatoq.

— Iye, qiziq ekansiz, shunaqa bo‘ladi-da, odatda, — javob berdi kulib Shtirner., — Yo‘q, men u ma’noda gapirayotganim yo‘q, — dedi Zauyer bir oz o‘ng‘aysizlanib, — uni oyoqlari bilan yuzi shishib ketdi: buyragi kasal. Vrachlarning gapiga kirmadi, endi tug‘ishga majbur. — Keyin astoydil achinib qo‘shib qo‘edi: — Judayam xavotirlanyapman.

— Endi bir kishi uchun emas, ikki kishi uchun qayg‘urishga to‘gri keladi. Qo‘rqmang, Zauyer. Eng yaxshi professorlar xizmatingizda bo‘ladi. Telefon qilib turishni unutmang. Xotiningizga mendan salom ayting.

Uchib ketishlaridan oldin Shtirner tun bo‘yi uxlamadi. O‘z xonasiga kirib bir nimalar qilib o‘tirdi. Elza ham yotoqxonasiga kirib ketdi. Ammo u uyqu aralash vujudini allaqanday asab yoki elektr toki jimirlatayotganini, Lyudvigga nisbatan muhabbati tobora alanga olayotganini sezib yotdi. Bir necha bor uyqusirab, qo‘llarini cho‘zib:

— Lyudvig! Azizim! — deb shivirladi.

Tong otishi bilan u xususiy samolyotda Shtirner bilan birga uchib ketdi.

Ular Mentonaga, Karl Gotlib o‘limidan sal oldinroq sotib olgan Elza Glyukka qarashli villaga borishmoqchi edi.

Butun umri tanholikda va xonanishinlikda o‘tgan Elza uchun Lyudvig bilan birga sayohat qilish juda rohatbaxsh edi.

U goh Lyudvigga suqlanib tikilar, goh pastdagi bepoyon manzarani entikib tomosha qilar edi. Qiz olis kengliklarga tikilib turib, quvnoq bir qo‘shiqni xirgoyi qila boshladi:

Erkin qushman, uchmoq istayman! 201

— Bema’ni qo‘shiq, — dedi u kulib Shtirnerga, — «uchmoq istayman» emish. «Erkin qushman, sen bilan birga uchib ketyapman», deb kuylash kerak. Ajoyib, qaragin-a, uylar xuddi zangori gilam ustiga terilgan qutichalarga o‘xshaydi. Anavi qumursqalar nima? E-ha, poda-ku! Maydaligini-ya! Anavi qorli tog‘lar qanaqa tog‘?

— Alp toglari.

— Alpga yetib keldikmi? Burgutlardan ham balandroq parvoz qilarkanmiz-da!

Qiz o‘zini hech qachon bu qadar baxtiyor sezmagan edi.

Samolyot Nitssa yaqinidagi kichkina aerodromga ohista qo‘ndi. Bir soatlardan so‘ng ular o‘z villalarida o‘tirishardi.

Villa Ventimilya yaqinida, Fransiya bilan Italiya chegarasida edi.

Shundoqqina dengiz sohiliga oq marmardan qurilgan bu ko‘rkam villa atrofi ajoyib bog‘ edi. Apelsinlar g‘arq pishib yotardi. Villa oldidagi maydoncha tevaragiga xurmo daraxti ekilgan bo‘lib, maydon sahnini chinnigullar qoplagandi.

Bittagina noqulay yeri shunda ediki, villa yaqinidan temiryo‘l o‘tgandi. Poyezdlar kecha-kunduz taraqa-turuq qilib o‘tib turardi. Ammo Elza bu noqulaylikni aslo sezmadi: kechasi miriqib uxladi, ertasiga ular toqqa chiqishdi, o‘z qayiqlarida sayr qilishdi, gidroplanga o‘tirib, sohil bo‘ylab Nitssaga uchib borib kelishdi. Monako knyazligining sarg‘ish qoyalar ustiga qaldirg‘och iniday qilib qurilgan qasri osmondan xuddi o‘yinchoqday ko‘rinardi. Sohilga urilayotgan to‘lqin oq lentaday cho‘zilib ketgandi. Plyajda yurgan odamlar esa to‘g‘nag‘ichday-to‘g‘nag‘ichday bo‘lib ko‘zga tashlanardi. Uchuvchi gidroplanni orqaga, ochiq dengizga burganida yanayam ajoyib manzara namoyon bo‘ldi. Tepadan qaraganda ufq atrofi yuksalib ketganday tuyular, dengiz esa ustiga ko‘m-ko‘k osmon gumbazi to‘nkarilgan moviy chinniga o‘xshardi. Gidroplan bo‘lsa ulkan shar o‘rtasida uchib ketayotganday taassurot qoldirardi. Pastda, dengiz sahnida mitti «kapalak» lar — yelkanli qayiqlar suzib yurardi… Elza bo‘lsa baxt va quvonchdan entikib o‘tirar, hammayoqni yangratib kulgisi kelardi.

Ular villaga nihoyatda vaqtlari chog‘ qaytishdi.

Gotlibning befayz, sovuq shisha uyidan keyin bu villa g‘oyatda shinam va rohatbaxsh tuyulardi. Gotlib hali villaga o‘z «ixtiro» larini joriy qilib ulgurmagandi. Barcha jihozlar qadimiy bo‘lsa ham chiroyli va qulay edi. Eskiroq, lekin yaxshi saqlangan royal Elzaga juda ma’qul tushdi, u iliq yoz oqshomlari royal oldidan nari ketmasdi. Balkonning ochiq eshigidan to‘lin oy ko‘rinib turar, oy nuridan dengiz sathida jimirlab oppoq yo‘lka hosil bo‘lardi. Tun salqinidan orom olgan daraxtlar mayin chayqalib turardi.

Elza chalgan kuylar ham ana shunday go‘zal, ana shunday mayin, ana shu janub tunlariday huzurbaxsh yangrardi.

Shtirner ham hordiq chiqarayotganday tuyulardi. Hatto uning"

yuz-ko‘zlari ancha mayinlashgan, lablaridagi istehzoli tabassum yo‘qolganday edi. Lekin ba’zan u Elzaga uzoq tikilib, o‘ylan ib qolar, ko‘zlariga ma’yuslik cho‘kardi.

Ikki hafta sezilmay o‘tib ketdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги