Читаем Jahongir полностью

Ammo ikkinchi haftaning boshlarida Elza o‘zida allaqanday o‘zgarish bo‘layotganini sezdi. U go‘yo uyqudan endi uyg‘onganday: di. Elza o‘z xonasiga kirib olib, uzoq vaqtgacha chiqmasdi. Miyasini har xil o‘ylar chulg‘ab olgandi. Negadir Lyudvig unga yana beqadrroq ko‘rina boshladi. Bunga o‘zi ham ajablanardi. Lyudvigga tiQilgan sayin uning yuzi cho‘zilib, yoqimsiz bo‘lib ketayotganday tuyulardi.

Shtirner ham buni sezar va battar qovog‘ini solardi. Zauyerdan kelgan telegrammalar ham unga taskin bermasdi. U bir qator ko‘ngilsizliklarni xabar qilgandi. Shtirner yo‘q paytda bir necha bank paydo bo‘lgandi. Ayrim yirik zavod va shaxta egalari chet eldan kredit olib, veksellarni to‘lashgan va shu tariqa Shtirnerning moliyaviy iskanjasidan qutulib ketishgan edi. Lekin, eng muhimi, Shtirner safarga jo‘nab ketishi bilan gazetalar unga qarshi kampaniya boshlashdi. Yelg‘iz Elza Glyuk bankiga mamlakatning barcha moliyaviy va sanoat boyligi qaram bo‘lib qolishi davlat va xalq manfaatlariga zid deb topilgan: di. Xususiy gazetalar bilan bir qatorda hukumat gazetalari ham Shtirnerga qarshi hujum boshlagan edi.

Shtirnerning g‘ayritabiiy, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan g‘alabasi turli-tuman faraz va taxminlarga turtki berar, ayrim gazetalar, bu g‘alabaning sababi qayday bo‘lishidan qat’iy nazar, u odatdan tashqari, favqulodda bir hodisa, shuning uchun unga qarshi qonunda ko‘zda tutilmagan, favqulodda choralar bilan kurashish kerak, degan fikrni olg‘a surishardi. Ehtimol, hukumat Shtirnerga qarshi maxsus qonun ham chiqarib qolar. Myunsterberg bilan Shumaxer tuzmoqchi bo‘lgan aksionerlik jamiyatiping ustavini tasdiqlamagan ministrlar jamoatchilikning tazyiqi ostida iste’foga chiqishga majbur bo‘lishdi. Aslida esa ular ustidan yashirincha olib borilgan tergov hech Qanaqa ayb topolmadi, ya’ni mazkur ministrlar Shtirnerga sotilgan, degan shubha tasdiqlanmadi. Myunsterberg bu zarbadan o‘ziga kelolmay jon berdi. Shumaxer esa o‘ziga-o‘zi suiqasd qildi-yu, lekin omon qoldi, tuzalganidan keyin Amerikaga jo‘navordi.

So‘nggi haftadagi yangiliklar ana shulardan iborat edi. Shtirnerni endi butun jahon bilardi. Uning nomi hammaning tilidan tushmasdi. Bu yerda, Mentonada u xotini bilan pinhona nshardi. Villadan chiqishlari bilan odamlar ularni o‘rab olishardi, binobarin, Shtirner jamoat ko‘ziga ko‘rinmaslikka tirishardi.

Elza mehribon bo‘lib yurgan kunlari u yolg‘izlikni sezmadi. Lmmo so‘nggi paytlarda qiz o‘zini torta boshlagani uchun Shtirperning tabiati xira edi.

Shundan keyin u ishga kirishib ketdi. Bir qancha tunuka, sim to‘r, izolyator, elektrotexnikaga doir jihozlar tayyorlatib, ularni alohida xonaga joylashtirdi-da, o‘zi ham kun bo‘yi o‘sha xonadan chiqmadi.

Ertasi kuni ertalab Elza yana Shtirnerning atrofida girdikapalak bo‘la boshladi. Ammo endi bu ham uni ovutolmadi.

Bir oz yozilib kelish uchun u toqqa sayrga chiqishni taklif qildi — ular anchadan buyon uydan chiqishmagan edi. Bu gal Elza jon deb rozi bo‘ldi.

Ular ancha-muncha yo‘l yurganlaridan so‘ng mo‘’jazgina, oppoq, ozoda bir uyda dam olish uchun to‘xtashdi. Uy egasi — mehmondo‘st, gapdon va sinchkov kampir sut ko‘tarib kirdi va bularning qayerdan kelganliklarini surishtirib bilib olganidan so‘ng, o‘zi sayrab ketdi:

— O‘sha yoqdanmiz deng! Aytishlaricha, u yoqda Shtirner degan bir odam paydo bo‘lgan emish. Gapiraverishsa, og‘zing ochilib qoladi! Xotini ikkalasi endi dunyoda eng boy odamlar deyishadi, lekin bu boylik ular uchun harom! Ularning dastidan qancha odam jon bergan, qanchasi xonavayron bo‘lgan, daryo-daryo qon va ko‘z yoshlari to‘kilgan…

Eshik taqilladi, shu zahotiyoq xonaga terlab-pishib ketgan Shtirnerning villadagi xizmatkori otilib kirdi.

— Kechirasiz, janob Shtirner, shoshilinch telegrammalarni darhol yetkazishni buyurgan edingiz… — dedi u peshonasidagi terini artib. — Mana, hozirgina oldim.

Kampir hayajon zo‘ridan qo‘lidagi sochiqni tushirib yubordi, Shtirnerga baqraygancha tikilib qoldi.

Shtirner telegrammani ochib, o‘qidi. Keyin shartta o‘rnidan turdi-yu, o‘ylanib qoldi.

— Siz boravering, Jan! — dedi u xizmatkorga, keyin hamon dong qotib turgan kampirning oldiga oltin tanga tashlab, Elzaga qo‘lini uzatdi:

— Ketdik! Darhol yo‘lga otlanishimiz kerak.

Kampir ularning orqasidan uzoq tikilib turdi, keyin ikki barmog‘i bilan avaylab yerdan tangani oldi-da, bir nimalar deb kalima o‘qib, tillani o‘raga uloqtirdi.

— Puliga qirg‘in kelsin!

— Nima gap, Lyudvig? — deb so‘radi Elza tashvishlanib. — Azizim, nahotki yana o‘sha yoqqa qaytsak? Kelganimizga hech qancha bo‘lgani yo‘q-ku! — Shunday deb, u go‘yo xayrlashganday, osmonga, sohil va dengizga ma’yus ko‘z tashladi.

— Bormasam bo‘lmaydi. Zauyerning yozishicha, dushmanlarim men yo‘qligimdan foydalanib, yana kurash boshlashibdi.

Lyudvigning chehrasi birdan qahrli tus oldi.

U qo‘lini Elzaning kaftlari orasidan shunday shahd bilan tortib oldiki, qiz qo‘rqqanidan seskanib ketdi, keyin u mushtumini tugib, g‘azab bilan g‘udrandi:

— Shoshmay turlaring, ablahlar!

Перейти на страницу:

Похожие книги