— Yaxshi, men sizga ochig‘ini aytaman: Shuning uchunki, o‘n ikki soat avval Matt Xorovni — trantor josusini Florina nazoratchisi o‘ldirgan. U o‘z novvoyxonasida yashirib qo‘ygan ikki florinalik ayol va erkak, siz qidirayotgan kuzatuvchi bo‘lishi kerak, izsiz yo‘qolishgan. Aftidan, ularni Skvayrlar tutib olishgan bo‘lishsa kerak.
Juns oromkursidan turdi.
Ebl xotirjamlik bilan may to‘ldirilgan qadahni lablariga yaqinlashtirar ekan, so‘z qotdi:
— Rasmiy tomondan men hech narsa qilolmayman. O‘ldirilgan kishi florinalik edi, yo‘qolganlarning ham florinalik emasligini biz isbot etolmaymiz.
NAZORATCHI
Rik g‘ira-shira paytda uyg‘ondi. U uzoq yotib, o‘z ongi haqida o‘yladi. O‘tgan tun mobaynida qalbining qandaydir yarasi tuzalgandek, ko‘ngli to‘lgandek edi. Bu, ikki kun avval, o‘sha, «eslashga» tushgandan so‘ng ro‘y bera boshlagandi. Buqday jarayon kecha kun bo‘yi davom etdi. Yuqori Shaharga borgani, kutubxona va nazoratchiga qilingan hujum, undan keyingi kechishlar va Novvoy bilan bo‘lgan uchrashuv — bularning hammasi unga ferment[4]
dek, malhamdek ta’sir ko‘rsatdi. Miyaning anchadan beri quruqshab yotgan hujayralari o‘zlarining zaif bo‘lsa-da, faoliyatini bopshadilar. Hozir, u uyquga to‘ygach, ularda qandaydir harakat sezilardi. Rik fazo va yudduzlar, yolg‘izona uzoq kezib yurishlar, buyuk jimjitlik haqida xayol surdi, Nihoyat, u boshini ko‘tarib qizni chaqirdi:— Lona!
— U shu zahotiyoq uyg‘ondi, tirsagiga tiralib turdi-da, Rik tomonga boqsi.
— Lona, mening ahvolim juda yaxshi. Men yana u-bu narsalarni esladim. Men kemada bo‘lganman va aniq bilamanki…
Biroq qiz uni eshitmasdi. U Rikka teskari qarab, ko‘ylagini kiydi, oldidagi ilgak-chokni siladi-da, belbog‘ini asabiylik bilan tortib qo‘ydi. Keyin oyoq uchida yaqinlashdi.
— Jim, tovushingni baland chiqarma.
— Rezident qani?
— U yo‘q. U… u ketdi.
Xona yorishdi va Novvoyning kelbatli qomati ko‘rindi. Uning qalin lablari tabassumdan quloqyaariga yetay derdi.
— Vaqtli uyg‘onibsiz.
Ular indashmadi.
— Bugun siz jo‘naysiz.
Rezident ketgandan so‘ng, uning Rikka qanday ko‘z bilan qaragani, qizning yodida edi.
— Siz to‘g‘ringizda tegishli joyga xabar qilindi. Xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi.
U ketdi, lekin tez orada ovqat, kiyim va ikki tog‘orachada suv ko‘targancha qaytib keldi. Kiyim yangi va qandaydir ajabtovur edi.
Novvsk ularning ovqatlanishini kuzatib o‘tirda-da, keyin so‘z qotdi:
— Men sizga yangi ism va yangi tarjimai hol beraman. Hech narsani esdan chiqarib qo‘ymaslik uchun, menga diqqat bilan quloq soling. Siz florinalik emassiz, tungundingizmi? Sizlar Voteks sayyorasidan Florinaga kelgan aka-singilsizlar…
U barcha ikir-chikirlarni batafsil aytib berdi-da, savollar berib javoblarini tekshirib ko‘rdi.
Rikka o‘zining yodda saqlash, tushunuvchanlik qobiliyatini ko‘rsatish xush kelastgandi, lekin Valona tashvishlanayotgandek tuyulardi.
Novvoy buni sezdi.
— Menga qara, hoy qiz. Agar sen g‘alamislik qilsang, shu yerda qolasan, sheriging esa jo‘nab ketadi.
— Yo‘q, yo‘q… — titrab ketdi Valona. — Men sizga aslo xalaqit qilmayman.
Novvoy ularni ko‘chaga olib chiqqanda, quyosh tikkaga kelib qolgandi. Rik hayrat bilan egniga boqardi. Kiyim ham shunchalik ajabtovur bo‘ladimi? Valona hech ham qishloqi qizga o‘xshamasdi. Hatto oyoqlarini ham qandaydir mato yopib turar, poyafzalining poshnasi pgunchalik baland ediki, u ehtiyotkorlik bilan yurishga majbur edi.
Atrofga to‘planib olgan yo‘lovchilar ularga razm solib qarashar, bir-birlari bilan fikr almashishardi. Bularning ko‘pchiligi bozor-do‘konlarga yo‘l olgan g‘amgin va tund ayollar, yirtiq-yamoq kiygan bekorchi bodalar edi. Novvoy ularni sezmayotgandi go‘yo. U qo‘liga kattagina tayoq ushlab olgandi.
Shu payt orqa tomondagi xaloyiq hayajonga tushdi va Rik nazoratchilarning qoramtir-kumush kiyimini payqadi.
Xudsi shu daqiqada bir hodisa ro‘y berdi. Qurolli nazoratchi paydo bo‘ldi, u o‘q uzdi. Novvoy yiqildi va ular yana qochishga tushdilar. Nahotki nazoratchilar ularni bir umr ta’qib etsa?
Ular shahar chetidagi xaroba joyga kelib qolishdi. Valona hansirar, yangi ko‘ylagining ba’zi joylari terdan namiqqan edi.
Rik nafas ololmay qoldi.
— Bo‘ldi, boshqa yugurolmayman,
— Yur, qochish kerak!
— To‘xta. — U devorga suyanib oldi, lekin Volona uni sudrardi. — So‘zimga quloq sol.
Vahima asta-sekin uni tark etdi.
— Lona, biz qayerga qochyapmiz, nega qochyapmiz? Biz axir o‘zga sayyoraliklar kiyimidamiz-ku… Mana, qara Novvoy bizga nima bergan, Rik hayajonlanar ekan, cho‘ntagidan kichkinagina kitobchaga o‘xshash narsa chiqardi. Uning u yoq-bu yog‘ini o‘girib kurdi-da, qanday ochilishini tekshirdi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Shundan so‘ng, chetlarini paypaslab ko‘rib, barmoqlari bilan siqqan edi, kitobchaning bir tomoni sutdek oqardi. Mitti harflarni darhol tushunolmagan bo‘lsa ham, bo‘g‘inma-bo‘g‘in o‘qishga tirishdi.
Nihoyat, u dedi:
— Bu — pasport. Demak uchib ketsak bo‘ladi. Axir Novvoy ham Florinani kemada tark etishimizni istagandi-ku. Kel, shunday qila qolamiz.
— Rik, bizni tutib olishadi!