Nazoratchilar butun tun u yoq, bu yoqqa yurardilar. Tartibni saqlash uchun kuch ishlatish shart emas, ularni ko‘rganda paydo bo‘ladigan qo‘rquvning o‘zi yetarli edi.
Terens shoshardi. U yuqoridagi temirqotishma tirqishlari tagidan o‘tayotganda yuziga oppoq shu’lalar tushardi va u tepaga nigoh tashlashdan o‘zini tiyolmadi.
Skvayrlarga yetish mushkul!
Haqiqatdan ham ularga yetish mushkulmi? Uning sarklik Skvayrlarga bo‘lgan munosabati bir necha marta o‘zgargandi. Yoshligida u boshqa bolalardan hech farq qilmasdi, Nazoratchilar qoramtir-kumush mahluq edilar, ulardan aybdor-aybdormasligingga qaramay qochish lozim edi. Skvayrlar esa Sark nomli jannatda yashovchi, chidam va hushyorlik bilan florinada istiqomat qiluvchi aqpi noqislarning farovon hayotini asrovchi mavhum, xayoliy superodam edilar.
U o‘n yosh ekan, maktabda sarkdagi hayotni qanday tasavvur etishi to‘g‘risida insho yozdi. Bu g‘irt to‘qima narsa edi. Hozir faqat uning bir qismigina yodida. U Skvayrlarni bunday tasvirlagandi: bo‘ylari 20 futlik serviqor odamlar har kun ertalab devorlari kirt guli rangida bo‘lgan katta xonaga to‘planadilar va florinaliklarning gunohlarini muhokama qilar ekanlar, ularni ezgulikka qaytarish uchun jazolab turish lozimligini aytib, achinadilar.
O‘qituvchi ayolga uning inshosi juda yoqdi va yil oxirida, boshqa o‘g‘il-qizlar o‘qish, yozish hamda odob-axloq bo‘yicha qisqa kurs o‘tadigan paytlarida, uni arifmetika, galaktografiya va Sark tarixi o‘qitiladigan maxsus sinfga ko‘chirshpdi. Un olti yoshida esa uni Sarkka jo‘natishdi.
Hozir Terens shahar chetiga yaqinlashib qolgandi. Nogahon esgan shabada uning dimog‘iga kirt gulining tungi ajib hidini olib keldi. Bir qancha daqiqalardan so‘ng, nazoratdan holi, bexavotirroq ochiq dalalarga chiqadi va uzuq-yuluq bulutlar orasidan yarqiroq yulduzlarga yana nigoh tashlaydi. Hatto Sarkning quyoshi bo‘lmish yorqin sariq yulduzni ham ko‘radi.
O‘sha yulduz ketma-ket bir necha yil uning ham quyoshi bo‘lgan. Uni kemaning illyuminatoridan birinchi marta yulduz kabi emas, balki behad yorqin koptokchadek ko‘rganda, beixtiyor tiz cho‘kkisi kelgandi. Jannatga yaqinlashyapsan, degan fikr, hatto birinchi fazoviy uchishning falaj qilib qo‘yuvchi qo‘rqinchini ham bosib ketgandi.
U jannatga qo‘ngach, inon-ixtiyorini florinalik bir qariyaga topshirishdi. Qariya esa uni yaxshilab yuvintirib, tuzukroq kiyim kiydirdi. Shundan so‘ng, uni bir katta binoga olib borishsi. Yo‘lda ketishayotganda qariya yo‘lboshchi qarshilaridan chiqib qolgan bir kimsaga bukchayib ta’zim qildi,
— Boshingni eg, qulluq qil! — jahl bilan shivirladi u yesh Terensga.
Terens aytilganni bajardi, lekin xijolat bo‘ldi.
— Kim bu?
— Skvayr, qishloqi!
— Shu — Skvayrmi?
U to‘satdan to‘xtab qoldi va uni tezroq yurishga undashga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, u Skvayrlar bilan tanishdi. Ular ham oddiygina odam ekanlar. Boshqa yosh florinaliklar, balki bunday kutilmagan hafsalasizlikni yengib ketgan bo‘lardilar, biroq bu Terensning qo‘lidan kelmadi. Uning qalbida bir narsa butun umrga o‘zgardi.
U fuqarolik xazmatida besh yildan ko‘proq ishladi va shu vaqg mobaynida uning iste’dodini odat bo‘yicha turli ishlarda sinab ko‘rdilar,
Bir kuni uning oldiga lo‘ppigina, yumshoq florinalik keldi-da, do‘stona jilmaydi, yelkalariga qoqib. Skvayrlar haqidagi fikrini so‘radi.
Terensning bir ko‘nglida shartta burilib, ketib qolgisi ham keddi-yu, lekin o‘zini bosdi. U pinhoniy fikrlarim qandaydir sirli yo‘l bilan yuzimda ifodalanib qolmadimikan, deb ham o‘yladi. U bosh chayqab, Skvayrlarning fazilatlari haqida nimalarnidir g‘o‘ldiradi. Lo‘ppi odam esa lablarini qimtib, so‘z qotdi.
— Siz bunday o‘ylamaysiz. Kechasi mana bu yerga keling.
U Terensning qo‘leta bir parcha qog‘oz tutqazdi. Bu qog‘oz bir necha daqiqadan keyin o‘z-o‘zidan kuyib kulga aylandi.
Terens bordi. U bir chekkasi qo‘rqar, ammo qiziqish tuyg‘usi undan ham kuchli edi. U bir necha tanishlarini ham uchratdi, ular Terensga juda sirli boqardilar. Ma’lum bo‘lishicha, u yakka emas ekan.
Bu odamlar ham Skvayrlarni florinaning boyliklarini o‘zlarining bir chaqaga qimmat o‘yin-kulgulariga sarflovchi, mahalliy xalqni esa kabag‘allikda va nodonlikda saqlovchi iflos cho‘chqalar deb hisoblashar ekan. U yaqin orada Sarkka qarshi buyuk qo‘zg‘alish ro‘y berishini va florina boyliklari qonuniy egalariga topshirilajagini bildi,
— Ammo, Skvayrlar va nazoratchilar qurollanishgan-ku… — hayron bo‘ldi Terens.
Shunda unga Trantor, ya’ni keyingi yuz yilliklarda kengayib Galaktikadagi inson zoti yashaydigan sayyoralarning qariyb yarmisini o‘z ichiga olgan ulkan davlat haqvda so‘zlab berishdi. Trantor, deyishdi ular, florinaliklar yordamida Sarkni tor-mor keltiradi.
— Biroq, — dedi Terens avval o‘ziga, keyin boshqalarga. — Trantor shunchalik buyuk, florina esa kichkinagina, bu holda Trantor yanada kattaroq va zolimroq hukmdor bo‘lib qolmaydimi? Agarda bu qutulishning yagona yo‘li hisoblansa, undan ko‘ra Sark istibdodiga chidagan yaxshi-ku.