Читаем Koinot oqimlari полностью

Klerk bir safga tizilgan qat-qat ma’lumotlar to‘pidagi har qog‘ozni, xuddi unda butun Koinot siri yashiringandek hijjalab tekshirardi. U yosh edi, balki maktabni yaqinda tugatgandir. Barcha florinaliklar kabi u ham oq tanli va sochlari malla rangda edi. Nihoyat, u qog‘ozlarni bir chekkaga qo‘ydi-da, so‘z qotdi:

— Ma’lumotlarga qaraganda, siz bu idorada ilgari ham ko‘p bo‘lgan ekansiz, shu to‘g‘rimi?

— Ha, bo‘lganman, janob, — dedi Doktor Juns keskinroq ohangda.

— Lekin, yaqin orada emas, a?

— Ha, yaqin orada emas.

— Siz hali ham o‘n bir oy muqaddam… — Klerk qog‘oz titkiladi, — yo‘qolgan koinot tadqiqotchisini izlayapsizmi?

— Xuddi shunday.

— Shu vaqt mobaynida, — davom etdi Klerk, — o‘sha odamning hech qanday izi topilmadi va uning sarkliklar hududiga biron marta kirgani ham aniqlanmadi.

— Undan olingan eng so‘nggi ma’lumot, — dedi olim, — Sark yaqinidagi fazodan yuborilgandi.

Klerk bir daqiqagina moviy ko‘zlarini unga qaratdi. Keyin yerga boqqancha dedi:

— Bo‘lishi mumkin, ammo uning Sarkka borgani isbotlanmadi.

* * *

Isbotlanmadi! Junsning lablari qimtildi. Xuddi shunday javobni, borgan sari keskinroq tus olayotgan bunday javobni u keyingi oylarda Yulduzlararo Koinot Tadqiqoti Byurosidan ham olayotgandi.

«Hech qanday dalil yo‘q, doktor Juns. Doktor Juns, siz o‘z vaqtingizni boshqa bir tuzukroq ishga sarflasangiz yaxshi bo‘lardi. Doktor Juns, Byuro qsdiruv davom etishini ta’minlaydi».

Bu so‘zlar: «Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga pul sarflayvermang, doktor Juns», degan ma’noni anglatardi.

Voqea, Klerk to‘g‘ri tavsiflaganidek, Yulduzlararo kelishilgan vaqt birligi bo‘yicha bundan o‘n bir oy muqadsam boshlangandi. Usha hodisaga ikki kun qolganida, Juns Byuroning sarkdagi bo‘linmalarini odatdagi tekshiruvdan o‘tkazish niyatida sayyoraga tushdi. Uni YUKTB vakili — Sarkning kimyo sanoat chiqaradigan qandaydir elastik saqichni jag‘ tishlari ortiga o‘tkazdi-da, bir qog‘oz uzatdi:

— Doktor Juns, kuzatuvchilarning biri xabar yuboribdi.

Juns xabarni ovoz chiqarib o‘qidi:

— O‘ta muhim ahamiyatga molik ish yuzasidan batafsil xabar berish uchun YUKTB Bosh shtabining kodlashtirilgan aloqa vositasini bo‘sh saqlashni iltimos qilaman. Muhim xabar butun Galaktikaga tegishli. Eng kichik trayektoriya bo‘yicha qo‘naman.

Vakil jilmaydi.

— Buni qarang, janob! «Xabar butun Galaktikaga tegishli» emish. Bu hatto kuzatuvchi uchun juda zarur gap. Xabarni olishim bilan, darrov u bilan yulduzlararo aloqa yo‘li orqali bog‘lanib gap nimada ekanligini aniqroq bilmoqchi bo‘ldim. Biroq unga hech gap uqtirolmadim. U faqat bir narsani, ya’ni florinadagi har bir kishining hayoti xavf ostida ekanligini ta’kidlayverdi. Bilasizmi, u yerda yarim milliard odam bor. U esi past odamga o‘xshardi. Shuning uchun to‘g‘risini aytsam, sayyoramizga kelganida u bilan yakkama-yakka qolishni istamayman. Siz bunga nima deysiz?

— Suhbatingiz yozilganmi?

— Ha, janob, — u cho‘ntagini kavladi. — Mana.

Bu bir bo‘lak lenta edi. Juns uni asbobga qo‘ydi va qovog‘ini soldi.

— Ko‘chirma nusxa shekilli?

— Ha. Asl nusxani Sayyoralararo Transport Byurosiga jo‘natganman. Men uni «Tez yordam» xizmati bilan kutib olsak yaxshiroq bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Balki uning ahvoli og‘irdir. Juns yigitning fikriga qo‘pshjisi keldi. Chunki, yolg‘iz hayot kechiruvchi koinot tadqiqotchilari aqldan ozganlarida, ularning xatti-harakatlarida kutilmagan jihatlar paydo bo‘lishi mumkin edi. Biroq, Juns o‘ylanib qoldi.

— To‘xtang-chi. U hali qo‘ngani yo‘qmi?

Vakil hayron bo‘ldi.

— Nazarimda u qo‘ngan, lekin hali hech kim menga bu haqsa xabar bermadi.

— Unday bo‘lsa, Transport bilan aloqa o‘rnating va tafsilotlarni surishtiring. U aqldan ozganmi yoki yo‘qmi, barcha ma’lumotlarni qayd etishingiz kerak.

Juns ertasi kuni, eng oxirgi tekshiruvga keldi. Boshqa sayyoralarda ishi ko‘p bo‘lgani uchun, u juda shoshayotgandi. U chiqib ketar chog‘idagina qayrilib so‘radi:

— Kuzatuvchi nima bo‘ldi?

— Ha, aytganday, unutayozibman, — dedi vakil, — Sun’iy yo‘ldoshlar u haqida hech narsa bilmaydi. Men uning quvvat spektrini fazoga yubordim, ular bunday kema fazoning hech qayerida yo‘qligini aytishdi.

Juns qaytishni yana bir kunga kechiktirdi. Kelasi kun u sayyora poytaxti — Sark shahridagi Sayyoralararo Transport Byurosiga bordi. Bu yerda u birinchi marta florinalik byurokratlar bilan to‘qnashdi, ular barcha savollarga bosh chayqab javob berdilar. Ular YUKTB tadqiqotchisining Sarkka qo‘nmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar olishgan, biroq kema qo‘nmagan.

— Bu juda muhim, — qat’iy turib dedi Juns. — U odam qattiq betob. Ular tadqiqotchining YUKTB xizmatchisi bilan o‘tkazgan suhbati yozuvining nusxasini olishdimi?

Byuro a’zolari bu gapni eshitib hayron bo‘lishdi. Hech kim biror narsani olganini eslolmadi. U kishining betobligiga, albatta, achinamiz, biroq YUKTBning hech qanday kemasi bu yerga qo‘ngani yo‘q.

Juns mehmonxonaga qaytib, bu muammo to‘g‘risida uzoq o‘yladi. U qaytib ketishni yana orqaga surdi. Uzoq vaqt istiqomat qilishga mo‘ljallangan boshqa xonaga ko‘chib o‘tdi. Trantor vakili Lyudigan Ebl bilan uchrashishga kelishdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги