Terens unga «Kelbatli kishi…» deya ne maqsadsa kelganini tushuntira boshlagan ham ediki, tashqaridan «Nazoratchi! Nazoratchi!» degan qichqiriqlar eshitildi.
— Bu yoqqa! Tezroq! — shivirladi qariya. — Mana bu tandir ichiga kiringlar.
— Shu yoqqami? — hayron bo‘ldi Terens.
— Ha! Bu qalbaki tandir. Tezroq!
Avval Valona, keyin Rik, so‘ng Terens tandir ichiga kirishdi. Kutilmaganda nimadir shiq etdi va tandirning orqa devori eshikdek ochilib qoldi. Ular shu tirqishdan kichik, xira yoritilgan xonaga o‘tishdi.
Ular uzoq o‘tirishdi. Bu yerning havosi og‘ir, pishirilayotgan nonlarning hidi esa ishtahani qo‘zg‘ardi. Valona Rikka mehr bilan boqar, gohi-gohida uning qo‘llarini asta silab qo‘yardi. Rik esa unga ma’nosiz tikilardi.
Oradan naq bir umrlik vaqt o‘tgandek bo‘ldi.
Devor shiq etdi. Terensning butun vujudi diqqatga aylandi. O‘zi bilmagan holda mushtlarini tugib qo‘llarini ko‘tardi.
Tirqishdan bahaybat yelkalar ko‘rindi, Ular ichkariga arang o‘tdilar. Kelbatli kishi Terensga qarab jilmaydi:
— O‘zingni bos, og‘ayni. Urishmoqchi emasman. — Uning ko‘ylagi gavdasida sirilib turar, yuzining u yer-bu yeri ozgina tirnalgandi. — Qidiruv tugadi. Agar qorningiz och bo‘lsa, pulni to‘lang-da, istagan ovqatingizni oling. Xo‘sh, nima deysiz?
Yuqori Shahar chiroqlari yetti qavat osmonni ham yoritardilar-u, biroq Pastki Shaharda zulmat hukmron edi. Chiroq nurlarini tashqariga chiqarmaslik uchun novvoyxona derazalariga qalin pardalar tutilgandi.
— Men Matt Xorovman, lekin meni hamma novvoy deb chaqiradi, — o‘zini tanitdi kelbatli kishi. — Sizlar kimsiz?
— Biz, haligi… — yelkasini qisdi Terens.
— Ko‘rib turibman. Balki men bilmaganim yaxshiroqdir. Biroq, menga yuz foiz ishonishingiz mumkin. Axir sizlarni nazoratchilardan qutqardim-ku, to‘g‘rimi?
— Ha! Katta rahmat, — Terensning minnatdorchiligi yuraqsan chiqmadi. — Ular bizni qidirishayotganini qayoqsan bildingiz? Hamma qochayotgandi-ku.
Novvoy jilmaydi.
— Hech kimning turqi-tarovati siznikiday emasdi. Yuzlaringiz oppoq, dokaning o‘zi edi.
Terens jilmayishga urpndi.
— Siz o‘z hayotingizni xavfga qo‘ydingiz. Bizni qutqarganingiz uchun minnatdorman.
— Agar imkoni bo‘lsa, doim shunday qilaman. Nazoratchilar kimnidir izlayotgan, quvlayotgan bo‘lsa, aralashmay turolmayman. Ko‘rgani ko‘zim yo‘q ularni.
— Ko‘ngilsiz voqealarga tez-tez duch kelib turarkansiz-da?
— Albatta. Manavi qalbaki tandirni ham shuning uchun qurganman. Shu tandir borki, ular meni tutolmaydilar, ishimga ham xalaqit berishmaydi. Bilasizmi, Florinada qancha skvayr bor? O‘n ming. Nazoratchilar-chi? Balki, yigirma mingdir. Bizlar esa, mahalliy aholi, — besh yuz millionmiz. Agar hammamiz ularga qarshi tursak… — u qo‘llarini shiqirlatdi.
Terens unga e’tiroz bildirdi:
— Biz qanday qilib ignamiltiq va plazmato‘plarga qarshi tura olamiz, Novvoy.
— Biz ham qurollanishimiz lozim. Siz, rezidentlar skvayrlarga juda yaqin yashaysiz va ulardan qo‘rqasiz.
Valonaning dunyosi ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Qarshisida o‘tirgan odam nazoratchilar bilan mushtlashdi, endi esa Rezidentni ham mensimay ishonch bilan gapirmoqsa. Rik qizning yengidan tortdi, Valona uning qo‘lini olib, tanlashdi-da, unga uxlashni buyurdi.
— … Skvayrlarning ignamiltiqdari, plazmato‘plari bo‘lsa ham, ular faqat birgina sharoitda, ya’ni yuz ming rezidentning yordami bilangina Florinada hukmronlik qila oladilar.
Terensning jahli chiqib ketdi:
— Sizdan ko‘ra ko‘proq nafratlanaman ulardan! Ammo baribir…
— Davom etabering, xaxoladi Novvoy. — Bu gapingiz uchun men sizni sotmayman. Xo‘sh, nega nazoratchilar sizni quvishdi?
Terens javob bermadi.
— Ehtiyotkorlik — yaxshi narsa, Rezident, lekin uning haddan ziyod bo‘lgani har doim ham foyda keltiravermaydi. Balki sizga yordam kerak bo‘lib qolar. Axir sizni tanib olishgan-ku?
— Yo‘q, tanishmaydi, — dedi Terens shoshib.
— Yuqori shaharda hujjatlaringizni tekshirishgandir.
— U yoqsa bo‘lganimni sizga kim aytdi?
— O‘zim fahmladim.
— Hujjatimni ko‘rishdi, lekin shunchaki ko‘z tashlashdi, ismimni o‘qishgani yo‘q.
— Biroq, sizning Rezident ekanligingizni payqashgan-ku. Ular, qaysi Rezident bugun o‘z shahrida bo‘lmaganini aniqlashsa bo‘lgani. Ehtimol, hozir butun Florinadagi aloqa simlari shu haqsa g‘ing‘illayotgandir. Xo‘sh, sizga yordam kerakmi?
Ular pichirlab gaplashishardi. Rik bir burchakka tiqilgancha uxlab qolgan, Valona bir Novvoyga, bir Rezidentga tikilgaeta, ularning suhbatini indamay tinglardi.
— Yo‘q, rahmat, — bosh chayqadi Terens. — O‘zim… o‘zim bir amallab qutularman.
Novvoy kulib yubordi.
— Qiziq, qanday qilib. Mayli, ertalabgacha taklifimni bir o‘ylab ko‘ring. Balki, yordam so‘rashga qaror qilarsiz.
— Valona.
Ovoz yaqindan kelgani uchun uning soch tolalarigacha silkindi, ammo u shunaqayam past ediki, qiz uni zo‘r-bazo‘r ilg‘adi. U ustiga faqat choyshab yopib yotgani uchun, qo‘rquv va xijolatdan g‘ujanak bo‘lib odsi.
Gapirgan Rezident edi.
— Jim. Faqat eshit. Men ketyapman. Eshik ochiq ekan. Men qaytib kelaman. Eshityapsanmi? Tushundingmi?
U qorong‘ulikka qo‘l uzatdi-da, Rezidentning qo‘lini topgach, uni siqib qo‘ydi.