Читаем Koinot oqimlari полностью

— Rikka ogoh bo‘l. Uni ko‘zdan qochirma. Valona… — U uzoqjim qoldi. — Manavi Novvoyga juda ham ishonaverma. Men uni tanimayman. Tushundingmi?

Yengil shitirlash eshitildi, so‘ng uzoqroqsa nimadir shiqirladi va u ketdi. Qiz tirsagiga tiralib o‘tirdi, ammo o‘zining va Rikning nafas olishidan bo‘lak tovush eshitmadi.

U ko‘zlarini yumib, o‘ylashga harakat qildi. Nega Rezident nazoratchilarni yomon ko‘radigan, ularning uchalovini ham qutqargan Novvoy haqida bunday gap aytdi. Nega butun hodisotlar chuvalashib ketganda, manavi Novvoy paydo bo‘lib tez va dadil ishga kirishdi. Balki, hammasi oldindan uyushtirilgandir? Novvoy shunday bo‘lishini atay kutib turgandir…

— Allo! Hali ham shu yerdamisiz?

Yorug‘lik nuri to‘g‘ri uning ustiga tushdi, qiz toshdek qotib qoldi. Asta-sekin o‘ziga kelib, choyshabni bo‘ynigacha tortdi. Nur o‘chdi. Gapirgan kim, deya so‘rashning hojati yo‘q edi. Uning keng yelkalari orqa tomondan taralayotgan xira nurda elaselas ko‘zga tashlanardi.

— U bilan birga ketibsanmi, deb o‘ylabman.

— Kim bilan, janob?

— Rezident bilan-da. Uning ketganini bilasan-ku. Mug‘ombirlik qilma.

— U qaytib keladi, janob.

— Qaytib kelaman, dedimi? U adashibdi, nazoratchilar tutib olishadi. Sening Rezidenting uncha ayyor emas ekan, aks holda eshikni atay ochiq qoldirganimni bilgan bo‘lardi. Sen ham ketmoqchimisan?

— Men Rezidentni kutaman.

— Ixtiyoring. Uzoq kutishga to‘g‘ri keladi. Istagan paytingda ketishing mumkin.

Yana yorug‘lik nuri paydo bo‘ldi. Valona yerni paypaslab, Rikning ozg‘in va rangpar yuzini topdi. Rikning ko‘zlari yorug‘likda yana-da qattiqroq qisildi, Biroq uyg‘onmadi.

— Bu kishini esa qoldirgan ma’qul. Sen ketmoqchi bo‘lsang, marhamat, lekin eshik uning uchun yopiq.

— U bir bechora, kasal yigit… — dedi cho‘chinqirab Valona.

— Shunaqami? Men kasal, bechora yigitlarni to‘playapman, Xullas, gap bitta: u shu yerda qoladi. Yodingdan chiqmasin!

Yorug‘lik nuri Rikning yuziga yopishib qolgandek edi.

OLIM

Doktor salim Junsning bir yildan beri toqati toq bo‘ldi. Betoqatlik vaqt o‘tishi bilan kamaymaydi. Aksincha kuchayadi, Biroq o‘tgan vaqt uni Sark Razvedkasi shoshirmaslik kerakligiga o‘rgatdi. Chunki xizmatchilarning ko‘pchiligi ko‘chib kelgan florinliklardan iborat edi va ular o‘z obro‘lariga putur yetkazishni istashmasdi.

* * *

Bir kuni u Sarqda juda uzoq yashaganidan hatto boshmoqlari ham shu yerda ildiz otib ketgan qariya Ebl trantorlik vakil bilan suhbat qurdi,

— Nega sarkliklar davlat idoralarida o‘zlari chin dildan nafratlanadigan kimsalarning xizmat qilishiga yo‘l qo‘yadilar, — deb so‘radi Juns.

Ebl yashil may to‘ldirilgan qadahni tutar ekan, ko‘zlarini qisdi.

— Siyosat, Juns, — dedi u. — Siyosat. Hamma gap sarkcha mantiq bilan olib borilayotgan amaliy genetikada. Sarkliklar aslini olganda pachoq va bir tiyinga qimmat xalq, faqat bitmas-tuganmas oltin koni — florinaga ega bo‘lganliklari uchun kekkayadilar. Shuning uchun ular har yili florinaning shahar va qishloqlaridagi yigitlarning eng sara gullarini olib Sarkka o‘qishga jo‘natadilar. Bundayroqlarini turli qog‘ozlarni to‘ldirishga, arizalarga qo‘l qo‘yib turishga o‘tkazadilar, aql va iste’dod egalarini esa orqaga, florinaga yuboradilar, ular shaharlarda mahalliy hukmdor — rezidentlikka tayinlanadilar. Florinaning eng aqlli zotlari sarklarga sodiq, chunki ular Sarkka xizmat qilar ekanlar, g‘amtashvish, yetishmovchilik nimaligini bilmaydilar, lekin bu ishdan bo‘yin tovlasalar, faqat oddiy florinalik kabi yashashgagina umid qilishlari mumkin. Bu esa, do‘stim, aslo havas qiladigan narsa emas.

Qari diplomat bir ko‘tarishda qadahni bo‘shatdi-da, davom etdi:

— Bu yog‘i… Rezidentlar ham, Sarqsagi idora xodimlari ham o‘z mavqelarini yo‘qotmay turib farzand ko‘rishga haqlari yo‘q. Hatto florinalik ayollardan ham. Sark ayollari bilan nikoh o‘qitish haqida esa gap bo‘lishi mumkinmas. Shunday qilib, florinaning eng yaxshi genlari betinim chiqitga chiqib ketaverdi va borabora florinada faqat o‘tinchilar bilan suv tashuvchilargina qoldi.

— U holda sarkliklar xizmatchisiz qolmaydimi?

— Bu kelajak muammosi.

* * *

Shunday qilib, hozir koinot tadqiqotchisi — doktor Salim Juns florina ishlari Departamenti qabulxonalarining birida o‘tirar va byurokratik labirintlarda betinim yugurib yurgan florinalik kichik xizmatchilar uni qachon chaqirishlarini betoqatlik bilan kutardi. Nihoyat, uni dabdabali jihozlangan xonaga olib kirib, Kichik Kotib Klerk[3]stoli ro‘parasidagi oromkursiga ishora qilishdi. Hech bir florinalik qanchalik ko‘p ishga bosh qo‘shmasin, baribir Klerqdan yuqoriroq mansabni egallay olmasdi. Florina ishlari bo‘yicha Kichik va Katga Kotiblar, albatta, sarkliklardan iborat edi. Juns ularni yuqori qavatlarda uchratishi mumkin bo‘lsa ham, bu idorada hech qachon ro‘para kelmasligini yaxshi bilardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги