Читаем Koinot oqimlari полностью

Ular tashqariga — zina oldiga chiqishdi. Atrofga issiqlik va ajib nur taratayotgan quyosh peshindan keyingi manziliga yo‘l olgandi. Yuqori Shaharning ranglari zarg‘aldoq tusga kira boshlagandi,

— Tezroq yuring! — dedi hayajonlanib Valona.

Terens uning bilagidan ushlab qoldi. U jilmayayotgan bo‘lsa-da, past tovushda, qatiy qilib dedi:

— Chopma! Odatdagiday yur, mening ortimdan qolma. Rikning qo‘lini ushlab ol. U ham yugurmasin…

Ular qadam tashlay boshlashdi. Nazarlarida oyoqlari yelimga yopishib qolayotgandek tuyulardi. Kutubxonada to‘polon boshlandimi? Yoki shunday tuyulyaptimi? Terens ortiga qarashga botinolmasdi.

— Bu yeqqa, — dedi u.

Yo‘lka ustida quyosh nurlarida jilolanayotgan ko‘rsatkich turardi: «Ambulatoriyaga kirish». Xizmat ko‘ylagidagi ayol ularni uzoqsan ko‘rdi. Avvaliga u ikkilanib turib qoldi. Keyin qovoqlarini uygancha, ular tomon yo‘naldi.

Terens uni kutib o‘tirmadi. U duch kelgan yo‘lakka keskin burildi; keyin boshqasiga o‘tdi. Ularni hozir baribir ushlab olishadi. Shu vaqtgacha mahalliy xalq kasalxonaning yuqori qavatida nazoratsiz yurgan emas. Bu yog‘i nima bo‘larkin?

Oxir-oqibat ularni to‘xtatishlari aniq. Shuning uchun ham Terens tepasiga «Pastki qavatga» deb yozilgan, ko‘zga uncha tashlanmaydigan eshikni ko‘rganda ko‘ngli sal joyiga tushdi. Lift shu yerda ekan. Terens unga Valona bilan Rikni itarib kiritdi.

Haddan ziyod sinchkov lifterlar xizmat qiluvchi katta, imillagan yuk liftlaridan ko‘ra, mana shunisi ma’qul edi. Biroq, mahalliy kishilarga kasalxona liftlaridan foydalanish man etilgandi. Lekin bu «jinoyat» nazoratchiga hujum qilishga nisbatan ancha yengil qonunbuzarlik hisoblanardi.

Ular pastki qavatga tushib, tashqariga chiqishdi.

— Men Riqdan rosa xavotir oldim, Rezident! — tez-tez shivirladi Valona. — Men uni qaytib olib kelmaysiz, deb o‘yladim va…

— Qanday qilib Yuqori Shaharga kelib qolding?

— Ortingizdan kuzatib kelayotgandim, liftda yuqoriga ko‘tarilganingizni ham ko‘rdim. Lifter qaytib tushgach, unga sizlardan qolib ketganimni aytdim. Keyin u meni yuqoriga chiqarib qo‘ydi.

— Indamay-ya?

— Sal uning jig‘ini ezishga to‘g‘ri keldi.

— Yo, Sark jini! — ingradi Terens.

— Shunday qilishga majbur bo‘ldim, — itoatkorona tushuntirdi Valona. — Nazoratchilar sizga qandaydir binoni ko‘rsatishdi. Ularning uchib ketishini kutib turdim-da, o‘zim ham o‘sha binoga qarab yo‘l oldim. Faqat ichkariga kirgani botinolmadim. Qaytib chiqayotganingizda, nazoratchi sizni ushlab qolganini ko‘rmagunimcha berkinib turaverdim…

Ular soya-salqin Pastki Shahar ko‘chalaridan ketib borishardi, Bu yerni Florina dahalarining o‘ziga xos shovqini, hidlari tutgandi. Yuqori qavat ular uchun yana tomga aylangandi. Ular juda hadsan oshishdi, endi bu yerlar ham xavf-xatardan holi emas.

Bu fikr Rezident ongida g‘ujg‘on o‘ynayotgan edi hamki, Rik to‘satdan qichqirib yubordi:

— Anavini qaranglar!

Terensning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi.

Bu Pastki Shahar aholisi ko‘rishi mumkin bo‘lgan eng dahshatli manzara edi. Go‘yo Yuqori Shahar darichalaridan bahaybat qush uchib birdan pastga tushar, yana chiqardi. Pastki Shaharni bulutday qoplab olardi. Bu — qurollangan nazoratchilar to‘la harbiy mashina edi.

Mahalliy aholi shovqin solgancha turli tomonga qocha boshladi. Ularda bunday qilish uchun tayinli asos ham yo‘q edi, biroq har ehtimolga qarshi o‘zlarini panaga olishga shoshardilar.

Terens ikkilanar, Rik bilan Volona esa uning qarorini kutishardi. Rezidentning xavotiri osha boshladi. Endi qayoqqa qochadilar? Agar joylarida qolsalarchi, unda nima bo‘ladi?

Ular tomon bir kelbatli kimsa lo‘killab yaqinlashdi. Go‘yo bu yog‘iga nima qilishni bilmaganday u bir fursat turib qoldi. Keyin loqaydlik bilan dedi:

— Xorovning novvoyxonasi chap ko‘chadagi ikkinchi uyda, kirxonadan keyingisi. — U orqasiga burildi-da, jo‘nab qoldi.

— Ketdik novvoyxonaga, — dedi hayajonlanib Terens.

O‘ylab o‘tirishga vaqg yo‘q edi.

U terga tushgancha chopib borar, shovqin-suron aralash nazoratchilar karnayidan akillab chiqayotgan buyruqlarni eshitardi. U orqasiga qaradi. Besh-olti nazoratchi mashinadan tushgancha, har tarafga yugura boshlagandilar. Terens esa rezidentlik kiyimida Yuqori Shaharni ko‘tarib turgan ustunlardek yaqqol ko‘zga tashlanardi.

Ikki nazoratchi to‘g‘ri ular tomon chopishga tushgandi. Terens ular kimni mo‘ljallab kelishayotganini, o‘zinimi yoki boshqanimi, anglay olmadi, ochig‘i buning ahamiyati ham yo‘q edi. Kutilmaganda nazoratchilarning ikkisi ham, novvoyxonani ko‘rsatgan kelbatli kishiga urilib ketishdi. Ular ancha yaqin kelib qolgandilar. Terens kelbatli kimsaning bo‘g‘iq tovushini, nazoratchilarning so‘kinganini aniq eshitdi va shu zahoti Valona bilan Rikni chap tomondagi ko‘chaga itarib yubordi.

Novvoyxonaning tepasida o‘zidan nur taratuvchi, ba’zi joylari yorilib rangi o‘chgan plastmassa bilan yozilgan lavha bor edi. Ochilib turgan eshikdan ajoyib hid taralardi. Ular ichkariga otilib kirishgach, xamir yuqlari qoraytirib yuborgan radarli tandirlarning nurlanishini payqashga ulgurishmay, to‘siq orqasidan bir qariya chiqsi.

Перейти на страницу:

Похожие книги