Читаем Koinot oqimlari полностью

Keyingi kunni u Sark tarixiga oid kitoblarni mutolaa qilish bilan o‘tkazdi. Ebl bilan uchrashish vaqti yetganida, uning qalbi g‘azabdan junbushga kelgandi. Ular hali ko‘radiganini ko‘radilar…

Qari Ebl uning qo‘llarini qattiq siqib, mehmonnavozlik bilan kutib oldi. Robot-barmenni chaqirdi va birinchi, ikkinchi qadahlarni bo‘shatish mobaynida ish haqida umuman gapirtirmadi. Juns qulay fursatdan foydalaib qolishga intilib florinaning fuqarolik xizmati to‘g‘risida savol berdi va Sarkdagi amaliy genetika haqida ma’ruza eshitdi. Uning nafrati yanada opvdi. Shunga qaramay, u ohista va qisqagina qilib, o‘tgan voqeani aytib berdi. Ebl biron marta ham uning so‘zini bo‘lmadi.

Junp gapirishdan to‘xtagach, u so‘radi:

— Siz yo‘qolgan kimsani taniysizmi?

— Yo‘q.

— Unga nazaringiz tugimagan hammi?

— Kuzatuvchi — tadqiqotchilarimiz bilan uchrashish juda mushkul.

— Unda avvallari ham ana shunday ruhiy bezovtalik bo‘lganmi?

— YUKTBning markaziy boshqarmasidagi yozuvlarga qaraganda, bu — birinchisini. Agar buni ruhiy bezovtalik deb hisoblasak, albatga.

— Qanday yordam qilishim mumkin?

— Men tushuntirib beraman. Sarkning Sayyoralararo Transport Byurosi kuzatuvchimiz kemasining yuritgichlari quvvati spektrini yaqin fazodan topa olmadi, Bu narsada ular aldashmaydi. Men sarkliklar aldam-qaldamni yoqtirishmaydi demoqchi emasman, ular faqat befoyda yolg‘on-yashiqni ishlatishmaydi, chunki mening bu fazoni ikki-uch soat ichida tekshirib chiqishim mumkinligini bilishadi.

— To‘g‘ri, Xo‘sh, unda nima?

— Quvvat spektrini faqat ikki holdagina sezish mumkin emas. Birinchisi — yaqin fazoda kemaning yo‘qligi, chunki u giperfazo orqali Galaktikaning boshqa qismiga o‘tib ketgan; ikkinchisi — uning umuman fazoda mavjud emasligi, chunki kema sayyoraga qo‘ngan. Tadqiqotchi o‘z fikridan qaytganligiga ishonmayman. Agarda uning florina uchun xavfli va Galaktika uchun muhim hisoblanuvchi fikrlari chindan ham xomxayol bo‘lsa, uning Sarkka tushib, xavfdan ogoh qilishiga hech narsa xalaqit qilolmaydi. U o‘z fikrni o‘zgartirishi va qaytib uchib ketishi aslo mumkin emas. Bu sohada mening o‘n besh yillik tajribam bor. Lekin uning xabari to‘g‘ri bo‘lsa, uning yaqin fazodan jo‘nab qolishi, hech bir aqlga sig‘maydigan xattiharakatdir.

Trantorlik qariya ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘tardi-da, uni ohista tebratar ekan, dedi:

— Demak, siz uni Sarkda deb hisoblayapsizmi?

— Xuddi shunday. Lekin, bu yerda ham ikki xil taxmin bor. Birinchidan, agar u haqiqatdan ham akddan ozgan bo‘lsa, albatta, sayyoraning fazoviy bekatidan boshqa joyga qo‘ngan bo‘lardi. Va u qayerlardadir yarim esi og‘gan holda sang‘ib yurardi. Bu bizning kuzatuvchilarimiz uchun ham kamdan-kam uchraydigan hol. Bunday es og‘ishlik odatda vaqtincha bo‘ladi. Bu narsa o‘tib ketganda esa, bemor o‘z ishining tafsilotlarini eslaydi. Chunki, koinot tadqiqotchisining hayoti — uning xizmatidir. Ko‘pincha bunday bemorni ommaviy kutubxonaga kirib koinot tadqiqotiga oid adabiyot qidirishidan topib olishadi.

— Tushunarli. Siz Kutubxonachilar qo‘mitasidan shunday hol to‘g‘risida axborot olib berishimni istayapsizmi?

— Yo‘q, men uchun bunday qiyinchilik mavjud emas. Men koinot tadqiqoti bo‘yicha ayrim adabiyot namunalarini maxsus saqpanishga qo‘yib, ularni so‘ragan har bir kimsani, agar u sarklik ekanligini isbotlay olmasa, ushlab, so‘roq qilishni iltimos qilaman. Buni, albatta, bajarishadi, chunki ular yoki ularning boshliqlari bilishadiki, bunday mo‘ljal hech qanday natija bermaydi.

— Nega natija bermas ekan?

— Ishonchim komil, o‘sha odam mo‘ljallaganidek Sarkning fazoviy bekatiga qo‘ngan, sark hukumati esa uni qamoqqa tiqqan yoki hatto, o‘ldirgan bo‘lishi mumkin,

— Hazillashyapsizmi?

— Qanday hazil? Sarklilarning hayoti ham, boyligi ham, hukmdorligi ham florinani egallab turishga bog‘liq-ku. Siz Sarkning butun boyligi florinaning kirtzorlari ekanligini mendan yaxshi bilasiz. Kutilmaganda qandaydir odam paydo bo‘ladi-da, — uning es-hushi joyidami yoki yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. — allaqanday yangi vaziyat florinaning barcha aholisi hayotiga xavf solyapti, deydi. Mana, kuzatuvchimizning eng oxirgi xabarini bir ko‘ring.

Ebl Juns tizzasiga tashlagan lenta bo‘lagiga nazar soldi.

— Bu juda kalta-ku.

— Albatta. Bu yerda faqat xavf borligi aytidgan. Bu xavfning juda katta ekanligi ta’kidlangan. Mana shuning o‘zi. Biroq, bu xabarni sarkliklarga jo‘natish mumkin emas edi. Agar koinot tadqiqotchisi xato qilgan bo‘lsa ham, unga sark hukumati aqlsiz g‘oyani tarqatishga va u bilan butun Galaktikani to‘ldirishga yo‘l qo‘yishi mumkinmidi? Florinada ko‘tariladigan vahimani, kirt tolasi yetishtirishda vujudga keladigan qiyinchiliklarni aytmasa ham bo‘ladi, va bu holda, albatta, Sark bilan Florina o‘trasidagi siyosiy munosabatlarning qorong‘u tomonlari butun Galaktika oldida yaqqol ochilib qoladi. Ana shulardan qutilish uchun, ular bir odamni yo‘q qilishlari kerak. Bunday vaziyatda Sark ikkilanib o‘tirarmidi? Siz tasvirlab bergan genetik tajriba o‘tkazuvchilarga to‘la sayyora aslo ikkilanmaydi.

Перейти на страницу:

Похожие книги