Читаем Jahongir полностью

— Bizga bunaqa yordamning nima keragi bor? — dedi u, — faqat o‘zimizni yerga urgan bo‘lamiz, qarzga botamiz. Ana shu la’nati binoning kulini ko‘kka sovurish uchun uzoqqa otadigan to‘plarni ishga solishni harbiy kengashda taklif qilgan edim, ammo menga qarshi chiqishdi: minglab begunoh odamlar nobud bo‘lib ketishi mumkin, degan vajni aytishdi. Bunaqa bema’ni rahmdillikning nima keragi bor! Butun davlat yo‘q bo‘lib ketganidan ko‘ra, bir necha ming odamning bahridan o‘tganimiz yaxshi emasmi?!

— Gap faqat bunda emas, janob oliylari, — deb uning gapini bo‘ldi harbiy ministr, u «temir general» ning obro‘yiga ich-ichidan hasad qilib yurardi, — To‘plarni ishga solishdan bizni tiyib turgan narsa shuki, Gotlibning uyini to‘pga tutsak, 1Stirner bilan birga uning ixtirosini ham yakson qilgan bo‘lamiz. Bu ixtiro… uni yakson qilish katta yo‘qotish bo‘ladi! Shtirnerning qurolini qo‘lga tushirsak bormi! Uho‘! — Ministr ko‘zlarini yumib, boshini sarak-sarak qildi. — Fransiyaning adabini berib qo‘ygan bo‘lardik, barcha dushmanlarimizning burnini yerga ishqardik, biz…

— Dunyoga hokim bo‘lardik, shundaymi? — deya uning gapini bo‘ldi «temir general». — Bo‘pti, siz aytgancha bo‘la qolsin: Shtirnerni tiriklayin qo‘lga tushirish kerak. Men bir marta urinib ko‘rdim. Endi bu ishni boshqalar qilsin!

Uzoq muzokaralardan keyin Shtirnerni ogir to‘plardan o‘qqa tutishga qaror qilindi.

Uzoqqa otadigan bahaybat to‘p og‘zidan bo‘yi ikkita odam baravar keladigan snaryad gumburlab chiqib, poytaxt tomonga parvoz qilganida «temir general» quvonchini yashirolmadi. Uning uchun bu gulduros muzikadan ko‘ra ham xush yoqib ketdi.

— Uho‘! — dedi u xoxolab. — Ketdi! Qani, janob Shtirner, bu mehmonni ham yo‘lidan bir qaytarib ko‘ring-chi!

— Endi batareyalardan o‘t ochilsin! Tezroq, agar osmonga chiqib olishga ulgurmagan bo‘lsa, es-hushini yig‘masidan tezroq otib qolinglar!

Yoru ko‘k larzaga keldi. To‘plar gumburidan soldatlar oyoqda zo‘rg‘a turishardi. Faqat «temir general» gina, xuddi urush xudosiday, jilmayib turar, go‘yo bo‘yi yana ham cho‘zilib qolganday ko‘rinardi.

— O‘t ochilsin! — qichqirdi u. Ammo ovozi o‘tkir bo‘lishiga qaramasdan uni hech kim eshitmadi. To‘plar shovqinidan hammaning qulog‘i tom bitib qolgan edi.

General to‘plarga ishora qilib, qo‘l siltadi.

Soldatlar to‘pga navbatdagi o‘qni joylay boshladilar, ammo shu payt ular baravariga engashishdi-yu, turgan joylarida qotib qolishdi.

— Nima qilib turibsizlar? — qichqirdi «temir general». — O‘t ochinglar!

X,yech kim qimir etmadi.

«Temir general» bir soldatning yoniga chopib borib, yelkasiga turtgan edi, soldat hatto buni sezmadi ham.

General kuchanib so‘kinar va yer tepinardi. Uning miyasiga birdan Shtirner tirik va u o‘zining ko‘rinmas qurolini ishga soldi, degan o‘y urilib, a’zoyi badani muzlab ketdi.

To‘pchilar kutilmaganda yana tetiklashib, doirasimon maydonchada turgan to‘plarni birdaniga teskari tomonga bura boshladilar. Bu ishni ular hech qachon hozirgiday tez va aniq bajarishmagandi. Shoshib qolgan general es-hushini yig‘ib olmasidan birin-ketin o‘q uzildi. Snaryadlar tamom bo‘lmaguncha to‘plarning ham ovozi Tinmadi. Shunday qilib, qo‘shni shaharlar va qanchadan-qancha tinch aholi kunpayakun bo‘ldi.

«Temir general» endi qichqirmas, hayajonlanmasdi ham. Soldatlarning irodasini sindirgan ko‘rinmas kuch oldida o‘zining buyruqlari sariq chaqaga ham arzimasligini u tushungan edi. Falokatni his etish tuyg‘usi uni tamom ezib tashlagandi. O‘zi ham ana shu kuch domiga tushib qolganini sezib turardi. General cho‘kkalagancha miq etmay yerga tikilib o‘tirardi.

So‘nggi o‘q uzilib, atrofga sovuq jimlik cho‘kishi bilan general to‘pponchasini chiqazib chakkasiga tiradi. Shu payt kimdir to‘pponchani uning qo‘lidan urib yubordi.

— Uyat bo‘ladi, jaiobi oliylari! — dedi ad’yutant.

General go‘yo buni sezmadi ham. Boyagiday yerga tikilib o‘tiraverdi. Tevarak-atrofda sulayib qolgan soldatlar murdaday cho‘zilib yotishardi.

Kech kirdi. Pag‘a-paga bulutlar orasidan yangi oy mo‘raladi. Lekin odamlar oyni ham ko‘rishmas, sal naridagi o‘rmonda sayrayotgan qushlar ovozini ham eshitmas edi. Hamma chala o‘lik edi.

Faqat ad’yutantgina hali o‘zini bardam sezardi. U hatto dala radiostansiyasi orqali jang natijasini hukumatga xabar qilishga o‘zida kuch topa bildi. Lekin aslida bunga zarurat ham yo‘q edi: snaryadlar vayron qilgan shahar va qishloQlarning o‘zi falokatdan allaqachon darak berib bo‘lgan edi.

— Qanday bema’nilik… — deb pichirladi ad’yutant va generalning yoniga, poxod stuliga o‘tirib, osmonga tikilganicha papiros tutata boshladi.

Uning nigohi birdan ufqda, bulutlar orasida bir ko‘rinibbir ko‘rinmay suzib kelayotgan nuqtaga tushdi. Ad’yutantning tajribali ko‘zi bu narsaning aeroplan ekanini darrov aniqladi. U, aftidan, to‘ppa-to‘g‘ri Berlinni mo‘ljalga olgan edi. Uning ortidan, ikkinchi, uchinchi aeroplan, xullas, butun bir eskadrilya uchib kelardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги