Читаем Jahongir полностью

U qattiq hayajonda edi. Kachinskiyning hamma gaplaridan, ayniqsa, bittasi uni nihoyatda qiziqtirib qolgandi: Kachinskiy Shtirnerni oldingi holatiga qaytarishi, bir necha minutga bo‘lsa ham Shternni avvalgi Shtirnerga aylantirishi mumkin ekan. U buni judayaxm xohlardi. Nega? Buni o‘zi ham unchalik anglamasdi. «Gotlib o‘limining sirini bilishixug kerak», — deb o‘ylardi u. Oldingi Shtirnerni ko‘rish istagini tug‘dirgan narsa faqat bu E1mas edi. Ehtimol, bir mahallar o‘zini sevgan ki shining g‘alati bir yo‘sinda boshqa odamga aylanib qolishi, o‘z shaxsiyati bilan birga muhabbatini ham mahv etishiga qarshi ayollik tuyg‘usi isyon ko‘tarayotgandir. Ehtimol… Ehtimol, falakning gardishi bilan endi bu odamni seva boshlagandir. Elza maqsadiga qanday qilib erishish yo‘lini o‘ylab, indamay o‘tirardi.

— Ayting-chi, janob Kachinskiy, — deb gap boshladi u nihoyat jur’atsizlik bilan, — Shternni avvalgi holatiga qaytarish uchun o‘z usulingizni shu yerda bir sinab ko‘rmaysizmi? Shunday qilsa bo‘ladimi o‘zi?

— Ham ha, ham yo‘q. Umuman olganda, xotirani qayta tiklash mumkin. Meditsina bunaqa hodisalarga ko‘p duch kelgan. Ayniqsa, urush paytida. Qattiq kontuziya natijasida odamlar hamma narsani, hatto o‘z ismlarini ham unutishgan, lekin xotira yana tiklangan. Gipnozda ham shunaqa hodisa uchrab turadi. Faqat miya hujayralaridagi xotira markazlari uzil-kesil ishdan chiqqan taqdirdagina xotira tiklanmasligi mumkin. Buni jarohat tufayli xotirani yo‘qotish, deyishadi. Uni tuzatib bo‘lmaydi. Lekin Shtern xmasalasiga kelsak, uning miya to‘qimalari jarohatlanmagan, aks holda butun ruhiy faoliyati ishdan chiqqan bo‘lardi. Xotirasini hisobga olmaganda Shtern soppa-sog‘ odam. O‘zimni misol qilib ko‘rsatishim mumkin. Shtirnerga qarshi kurashayotgan paytimda u miyamning harakatni boshqaruvchi markazlarini zararladi. Men butunlay shol bo‘lib qoldim, lekin muvozanat sezgisi yana qaytadan tiklandi.

— Demak, mumkin ekan-da? — dedi Elzaga jon kirib. — Nima uchun bo‘lmasa «ham ha, ham yo‘q», dedingiz?

— Mumkinlikka muxmkin, lekin… o‘zingiz eshitdingiz-ku, Shtern buni xohlaxayapti. Bu bir. Ikkinchidan, Shternning o‘tmishiga nega bunchalik qiziqib qoldingiz?

— Gap shundaki, nazarimda… biz u bilan ilgari tanish bo‘lganmiz… hatto judayam yaqin bo‘lganxmiz. Lekin u hamma narsani, jumladan, meni haxm unutib yuboribdi. Men unda bir xotira tiklanishini istardixu. Keyin… o‘zi xmenga aytx «oqchi bo‘lgan, lekin aytishga ulgurolxugagan bir sirni, judayaxi xiuhixug bir sirni bilxuxoqchiydim…

Kachinskiy unga taajjublanib qaradi. «Nixuga balosi bor bularni?» — degan o‘y o‘tdi ko‘nglidan.

— Afsuski, mei uning xohishiga qarshi borib, sizning sinchkovligizni qondirolmayman.

Elzaning qovog‘i solindi.

— Bu sinchkovlik emas, juda muhim narsa, — dedi u o‘pkalangandai bir ohangda. — Shu qadar muhimki, uning roziligini surab utirmay, shu yshni qilishingizni so‘rayman. Atigi o‘n minutga. Utmishda kim bo‘lishidan qat’iy nazar, u yana Shternga ailanadi, sizning tajriba o‘tkazganingizni sezmaydi ham. Axir bunda hech qanday jinoiy ish yo‘q-ku. Iltimos qilaman sizdan utinaman!

Endi Kachinskiyning kayfiyati buzildi.

— Boshqalar ongining erkinligini himoya qilish haqidagi prinsipimizni o‘zim birinchi bo‘lib buzsam, yaxshi ish bo‘lmaydi, — dedi u jiddiy ohangda.

Elzaning jahli chiqa boshladi. «Kachinskiy masalaning mohiyatiga tushunmayapti. Gap ayollik sinchkovligidan ko‘ra jiddiiroq narsa ustida bora,yotganini unga ko‘rsatib qo‘yaman» — deb uiladi u va dedi:

— Shternning gapiga qaraganda, siz Shtirner degan odamni zararsizlantirgan ekansiz. Buni qanday qilgan edingiz? Shuni gapirib bersangiz.

Kachinskiy hammasini batafsil aytib berdi, — Demak, siz Shtirnerni o‘sha devorlariga oyna qoplangan uida kurgansiz?

— Yo‘q, yuzini ko‘rmaganman. U boshdan-oyoq simto‘rga o‘ralib olgan edi.

— Agar iltimosimni qondirmasangiz, men sirni ochishga majburman. Shtern bilan Shtirner bir odam, men uning xotiniman asli ism-familiyam Elza Glyuk, erimniki bo‘yicha Shtirner Pachinskii hangu mang bo‘lib qoldi.

— Krans to‘g‘ri aytgan ekan-da? — dedi u bir oz jimlikdan sung.

— Krans deganingiz kim?

— Krans — iztopar. U Shtirnerni qidirib topishni o‘z oldiga asosii maqsad qilib qo‘ygan. Yaqinda u Moskvada Shternni kurib qolib, Shtirner shu, deb meni ishontirmoqchi bo‘lgan edi xashqi uxshashlik sizni yanglishtiryapti, deb men uni bazo‘r fikridan qaitargan edim.

— Demak, idtimosim bejiz emasligiga endi qanoat hosil _iRsiz, — dedi Elza o‘z gapining ta’siridan mamnun — Shtern, bu — Shtirner! — deya oldi faqat Kachinskiy va chuqur uiga botdi.

Elza javob kutib, uni indamay kuzatib o‘tirdi.

— Xo‘sh, rozimisiz?

— Yo‘q.

— Agar Shtern — Shtirner rozi bo‘lsa-chi?

— Rozi bo‘lmaydi.

— Ko‘ramiz! U bilan o‘zim gaplashaman. Siz o‘tira turing, hozir kelaman.

Kachinskiy ayvonda o‘tirgancha uzoqlashib borayotgan Elzaning orqasidan qarab qoldi.

Elza sohilga o‘rnatilgan chodir yoniga borib, Shtirnerga allanimalar haqida gapira boshladi, Shtirner diqqat bilan quloq solib turdi-da, keyin bosh silkib qo‘edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги