Читаем Jahongir полностью

— Zauyerda kalitlar bor ekan. Siz kyotganingizdan keyin Zauyer yana merosni talab qila boshlagan Rudolf Gotlib bilan urishib qoldi. Zauyer hamma masalada o‘zini sizga o‘xshatmoqchi no‘ldimi, boylikni mening ixtiyorimda qoldirish uchun Gotlibga qarshi kurashishga ahd qildi. Shkaflar muhrlab qo‘yilmasdan ilgari Zauyer ulardan birini ochishga ulgurgan, bir dasta qalbaki iyeksellar bilan Oskar Gotlibning xatini topib olib, ukasini merosdan mahrum etgan. Karl Gotlibning vasiyatnomasi to‘g‘ri;»kanligini isbotlash uchun ularning hammasini prokurorga bergan. Jon-poni chiqib ketgan Rudolf Gotlib Zauyerga o‘q uzib, qornidan yarador qilgan. Zauyer yallig‘lanish kasalidan o‘ldi, Rudolf Gotlibni o‘n yilga hukm qilishgan edi, hozir qamoq muddatini o‘tayapti. Oskarning qalbaki veksellari ustidan ochilgan ish tez kunda yopildi, chunki Oskar birinchi so‘roq paytidayoq miyasiga qon qo‘yilib o‘lib qoldi…

— Qancha baxtsizlik! — dedi Shtirner. — Axir bularning birortasidayam mening aybim yo‘q-ku, Elza?

— To‘g‘ri, lekin bevosita bo‘lmasa ham aybingiz bor. Endi bu haqda gaplashmaymiz. Ayting-chi, Moskvaga qanday qilib borib qoldingiz?

Shtirner yelkasini qisdi.

— Qochishni rejalashtirgan paytimda, dushmanlarim meni Moskvadan qidirmasa kerak deb o‘ylaganman. Bundan tashqari, Moskva militsiyasining biznikilar bilan aloqasi yo‘q-ku. Shuning uchun Shternni o‘sha yoqqa jo‘natdim. Unyng keyingi taqdiridan xabarim yo‘q.

— Shterndan eshitgan narsalarimdan ba’zi birlarini aytib berishim mumkin.

Shunday deb, Elza Shtern bilan bog‘liq gaplarni Shtirnerga so‘zlab berdi. Faqat Kachinskiyning familiyasini aytmadi.

— Qanday qilib meni eski holatimga qaytardinglar? — deb so‘radi Shtirner.

— Yangi do‘stlaringizning bittasidan iltimos qildim. Avvalgi Shtirner bilan bir necha minut bo‘lsa ham gaplashib, hozir siz menga aytib bergan gaplarni bilib olmoqchi edim.

— Men shunga rozi bo‘ldimmi?

— Ha, rozi bo‘ldingiz.

— Qiziq, — dedi Shtirner, — shunaqa bo‘lishini ilgaritdan bilib, o‘z shaxsimni o‘zgartirgan paytimda Shternga hech qanaqa ta’sirga rozi bo‘lmaslikni buyurgan edim-ku.

— Demak, Shtern sizga emas, menga quloq solibdi, — dedi kulib Elza.

— Eh, Elza, Elza, nega bunday qildingiz? O‘tmishni eslash naqadar og‘ir! — Shtirner ma’yus bo‘lib qoldi.

— Hozir hammasi o‘tib ketadi! — dedi Elza.

— Ha, endi menga siz bilan ajrashish ilgarigidan ko‘ra ogirroq. Yana sizni unutish…

Shtirner o‘rnidan turib, Elzaga qo‘llarini uzatdi, ko‘zlariga mehr bilan boqib, dedi:

— Elza!.. — Shu payt birdan uning yuzi va ko‘zlarida loqaydlik paydo bo‘ldi, Elzaning qo‘lini ushlab turganidan xijolat tortib qoldi: — Xo‘sh, frau Bekker, biz bilan birga ovga borasizmi, yo‘qmi? Men roziman, o‘ylaymanki, hamrohlarim ham e’tiroz bildirishmaydi. Ajoyib ov bo‘ladi.

Elza ro‘parasida yana Shtern turganini sezdi. Vaqt tugagan edi. Kachinskiy qo‘lida soatni ushlagancha ayvonga chiqib keldida, Shtirnerdan so‘radi:

— Ayting-chi, Shtern, frau Bekker bilan sohilda nima to‘grisida gaplashdinglar, faqat ov haqidami?

— Albatta-da, — dedi Shtirner Kachinskiyga taajjublanib qarab. — Boshqa nima to‘grisida gaplashishimiz mumkin? Frau Bekker oldimga kelib, ovga birga olib ketishni iltimos qildi. Agar men rozi bo‘lsam, siz bilan Dugov ham qarshi emasliklaringizni aytdi. Men roziman. Shuni aytish uchun keldim, xolos. To‘grimi? — U Elzaga murojaat qildi.

— Ha, to‘gri, — deb javob berdi Elza kulib.

Kachinskiy Elzaga ta’na bilan qarab, bosh chayqab qo‘edi.

— Nega boshingizni chayqayapsiz, Kachinskiy? — deb so‘radi Shtirner.

— Hammasi joyida bo‘ldi-ku, — dedi Elza Kachinskiyga.

— Nima joyida bo‘ldi? Nimani gaplashyapsizlar, janoblar? — Shtirner betoqat bo‘la boshladi.

Kachinskiy qo‘l siltab qo‘edi.

— Arzimagan gap. Frau Bekker ovga birga boraman deb hazillashyapti… — dedi u Elzaga o‘pkalanganday qarab. — Ye rostdan ham borasizmi?

— Albatta boraman! — dedi Elza.

Kachinskiy yana qo‘llarini ikki tomonga yozdi.

— Demak, ertaga ertalab jo‘naymizmi? — deb so‘radi Shtirner Elzadan.

IV. SENS-SANSNING «OQQUSH» KUYI

Kechki ovqatdan keyin hammalari ayvonda o‘tirishib, suhbatni qizitib yuborishdi.

Mehmonlar Moskva haqida, fikrni uzoq masofaga uzatishning istiqbollari haqida, insoniyat bu qudratli qurolni mukammal egallab olganidan keyin ochiladigan imkoniyatlar to‘grisida to‘lqinlanib hikoya qilib berishdi.

Emma bu gaplarni hayajon bilan tinglab o‘tirar, har zamonhar zamonda: «Qara-ya, u yer qanday ajoyib! Biz bo‘lsak, bu yerda o‘tiribmiz!» — deganday, Elzaga qarab qo‘yardi.

Ufqdan barkashday oy ko‘tarildi. Butun okean sathiga kumush choyshab yopilganday bo‘ldi. To‘lqinlar ko‘kning bu noyob tuhfasini beozor tebratib turardi.

Okean kechki nam havodan to‘yib nafas olardi. Turfa gullardan taralayotgan muattar hid hammayoqni tutib ketgan edi.

Qayerdadir, olisda yerli xalq qo‘shiq boshladi. Bu qo‘shiqning ohangi xuddi qirgoqqa urilayotgan to‘lqin ovoziday yakrang va zerikarli edi. Shuning ta’siridanmi, ayvondagi suhbat borabora susayib, oxiri to‘xtab qoldi.

Перейти на страницу:

Похожие книги